Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 103,47 Kb.
səhifə8/17
tarix11.11.2023
ölçüsü103,47 Kb.
#131714
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
ibooks bot-tibbiyotda axborot t (1)

Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.
Trekbol - ―ag‘darilgan‖ sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha harakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi.


Shaxsiy kompyuter asosiy qurilmalari


Hozirgi vaqtda SHKlar zamonaviy fanlar va barcha xalq xo`jalik bo`limlarining rivojlanishida katta rol o`ynab kelmoqda. Insoniyat tashabbusidagi har bir ishda SHKni qo`llanilayotgani yaqqol ko`zga tashlanadi. Shu sababli SHKdan foydalanish uchun ko`pchilik foydalanuvchilar dasturlashtirish algoritmik tillarni tezroq o`zlashtirishga harakat qiladilar.
SHKning dunyoga kelishiga avvalambor injinerlar va fiziklar juda muhtoj bo`lganlar desak mubolog`a bo`lmaydi. Juda tez rivojlanib borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga olib keladi va bularni faqat SHK yordamida hisoblash mumkinligini foydalanuvchilar tushunib yetdilar. Endi SHKlarning eng oddiy to`plamlaridan tanlashni boshlaymiz. Boshlang`ich axborotlar mashinaga uzluksiz chiziqlar, ya`ni tenglamalar yordamida berilishi mumkin bo`lsa va bunda mashinalarning o`zi hisoblashlarni davom ettirib chizmani ekranga chiqarsa, bunday mashinalar avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) deyiladi. Bularning boshqacha turi raqamli hisoblash mashinalari (RHM) deyiladi.Ular uzluksiz bo`lmay diskret bo`ladilar. Bunday turdagi mashinalar barcha axborotlar raqamli kodlar ko`rinishida bo`ladi.
Shaxsiy kompyuterlar (SHK) asosan quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: tizimli blok (protsessor, unda xotira, mikroprotsessor, adapterlar joylashgan bo`ladi). chiqarish qurilmasi (monitor);kiritish qurilmasi (klaviatura, sichqoncha);
Dastlab hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkoniyatlari hozirgi kunda behisob desak adashmaymiz. Bu kompyuterlar mashhur International Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir.IBM PC kompyuterlarining AT 386, 486SX, 486DX, 586 hamda Pentium turlari keng tarqalgan.

Yüklə 103,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin