Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 103,47 Kb.
səhifə6/17
tarix11.11.2023
ölçüsü103,47 Kb.
#131714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ibooks bot-tibbiyotda axborot t (1)

Shaxsiy kompyuterlar (ShK) – hammaboplik va universallik talablarini qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EHMlardir.
Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim:

Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).
Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.
Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya‘ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma‘lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma – protsessor deb ataladi.
Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma‘lumotlarni saqlaydi. Ma‘lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zaruriy holda diskka yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma‘lumotlar o‘chiriladi.
Diskli jamlagichlar. Ma‘lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir jodan ikkinchi joyga olib o‘tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo‘lib, egiluvchan diskla (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vincesterlar) deb ataladi.

Yüklə 103,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin