Zamonaviy monetarizm


Target” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “maqsad”



Yüklə 24,59 Kb.
səhifə3/3
tarix16.06.2023
ölçüsü24,59 Kb.
#128193
1   2   3
Zamonaviy Monetarizm

Target” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “maqsad” degan ma’noni anglatadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi (target) o‘rnatiladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi (targeti)ga erishish uchun pul-kredit siyosati mexanizmlari bosqichma-bosqich ushbu rejimga o‘tkazilib, inflyatsiyani pasaytirishda samarali instrument sifatida foydalaniladi.
Pul – bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi.
Ma’lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga keldi. R.Kruzo ta’kidlaganidek, faqat tovar ishlab chiqarish bor joyda pul kerak, yakka odamga pulni keragi yo’q. Pulni tovar ayirboshlashni o’zi yaratdi.
Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya’ni chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar xo’jaligining rivojlanishi tufayli mahsulot qiymatining ifodasi bo’lmish pulni keltirib chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko’payishi almashuv jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan. Tovar muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Har bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari deb e’tirof etgan.
Shvetsiya 1663 yil (Daler)
Evropadagi birinchi qog'oz pullar 17-asrda Shvetsiyada paydo bo'lgan. Shvetsiya rasmiylariga kredit kerak edi va Stokgolm banki rahbari mis tangalar bilan qarz berish o'rniga qog'oz sotuvchi deb nomlangan kredit qog'ozlarini chop etishga qaror qildi.

Bir necha yil o'tgach, davlat kreditni bankka qaytarib bermagani va kredit muassasasi qog'oz pullarni chop etishga majbur bo'lganligi ma'lum bo'ldi. Ular endi qimmatbaho metallar bilan ta'minlanmagan edi. Shu sababli bank bankrotga uchradi va uning asoschisi va Shvetsiyada qog'oz pullarni chiqaradigan mafkurachi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.


Shved qog'oz pullari ham darhol ildiz otmadi. Hujjatlar saqlanib qoldi, bu nafaqat chet ellik savdogarlar uchun g'ayrioddiy, balki qog'oz do'konlarda hisob-kitoblarni olib borish foydasiz edi.
Biroq, Shvetsiya Evropada birinchi bo'lib tanga almashtirishni topdi. Agar Shvetsiya to'lovlar bozorida yangi mavqega ega bo'lgan elektron pullar uchun almashtirishni topgan birinchi davlat bo'lsa, bu ajablanarli emas.
Massachusets shtati 1690 (20 shilling)
AQShda qog'oz pullar dollardan ancha oldin paydo bo'lgan. 1690 yilda Massachusets Koloniyasi (bugungi kunda Massachusets shtati) 2 shiling 10 funtlik qiymatdagi birinchi banknotalarni chiqardi. Ular Kanadaga harbiy ekspeditsiyaning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqilgan va asosan askarlarga maosh to'lash uchun ishlatilgan.
Rossiya 1769 (25 rubl)
Avstriya 1759 (10 gildiya)
Norvegiya 1695 (20 ta Riksdealerlar)
Angliya 1697 (funt)
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erishgani e'lon qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan edi. 1992 yilning yanvaridan iste'mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1 hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va tashkilotining muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni ortiqcha rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida 1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga 1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi.
1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasining surati tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan. So‘m-kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan.
O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida, o‘zigacha amalda bo‘lgan so‘m-kuponga 1:1000 nisbatda muomalaga kiritilgan.
So‘m dastlab 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar hamda, 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik qog‘oz kupyuralar bilan bir vaqtning o‘zida muomalaga kirgan. 1 so‘m 100 tiyinga maydalangan. Aytish joizki, so‘m muomalaga kiritilgan kunda valyuta birjasida 1 AQSh dollarining qiymati roppa-rosa
7 so‘m bo‘lgan.
Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, XII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev Rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar, asosan, oltindan zarb qilingan, keyinchalik, oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to‘lov, muomala vositasiga bo‘lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini kiritish zarur bo‘lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo‘qola bordi.
Qog‘oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo‘lib, pulning muomala funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Qog‘oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin.
1-bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo‘lishi, qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi natijasida emirilishi;
2-bosqich – tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi;
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo‘lgan.
3-bosqich – davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina biletlarining chiqarilishi.
Birinchi qog‘oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb ko‘rsatiladi. Lekin tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, Buxoro davlatida qog‘oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan.
Qog‘oz pullar Amerika va evropada XVII- XVIII asrlarda, Rossiyada 1769 yilda chiqarilgan.
Qog‘oz pullar deb, hukumat tomonidan byudjet taqchilligini qoplash uchun chiqarilgan, metall pullarga almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma’lum kurs o‘rnatilgan pul belgilariga aytiladi.
To‘la oltin va kumushdan bo‘lmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilsa-da, ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. SHunday bo‘lsa ham, bu tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog‘oz pullar bo‘lsa, muomalaga chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir miqdordagi oltinni o‘zida ifoda qilgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham bo‘lmagan, ya’ni ular qiymatni belgilab bergan, xolos.
O‘zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradi. Qog‘oz pullarning tabiati ularning inflyawiyaga moyilligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari,byudjet taqchiligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy resurslarga bo‘lgan talablariga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul massasining o‘zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur etadi, uning qadri tushadi, xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi pasayadi, to‘lov balansining barqarorligi yo‘qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi tushadi va h. k.
Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to‘lov aylanmasining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Kredit pullar o‘zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog‘oz pullardan farq qilib, ular bir vaqtning o‘zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo‘lib, kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy turlaridan biri vekseldir.
Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o‘tkazma veksel - tratta) ko‘rsatilgan summani, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda to‘lash to‘g‘risidagi yozma majburiyati hisoblanadi.
Banknota – kredit pullarning etakchi vakillaridan bo‘lib, Markaziy bank tomonidan, veksellarni hisobga olish yo‘li bilan chiqariladi.
O‘tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo‘lib, xohlagan vaqtda uni bankka topshirib, o‘rniga unda ko‘rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin bo‘lgan.
Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo‘llar bilan pul muomalasiga kelib tushadi:
– xo‘jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir qismi muomalaga kirib keladi;
– davlatni kreditlash, ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida muomalaga chiqadi;
– aktiv to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlarda rasmiy valyuta zaxiralarining o‘sishi orqali va boshqalar;
CHek veksel va banknotadan keyin paydo bo‘lgan kredit vositasi hisoblanib, to‘lovchining o‘z bankiga uning schyotidan mablag‘ni oluvchining schyotiga o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi buyrug‘idir.
Yüklə 24,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin