Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə13/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

5.2. Yengil betonlar
Oddiy betonning kamchiligi, boshqa bir qator kamchiliklari qatori o‘rtacha zichligining yuqoriligi va nisbatan yuqori issiqlik o‘tkazuvchanligidir. Bu kamchiliklar betonning zichligi kamaytirilganda kamayadi.
Yer usti qurilishida konstruksiyaning xususiy og‘irligi “” ning umumiy yuklanish “q” ga nisbati taxminan 0,5 dan 0,7 gachani, katta ravoqli ko‘priklarda esa hatto 0,85 ni tashkil etadi. Betonning zichligi =1600 kg/m³ bo‘lganda uning xususiy og‘irligi ulushi odatdagi betonga nisbatan 2/3 ga pasayadi. Umumiy yuklanish q taxminan 20-25%ga kamayadi, /q nisbat esa 0,4 dan 0,75 gachani tashkil etadi.
Yer usti qurilishida oddiy betondan foydalanilganda uning issiqlik o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli devorlar, ust yopmalar va tom, odatda, faqat ko‘p qatlamli, ya’ni maxsus issiqlik izolyatsiya qatlamli bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘p qatlamli konstruksiya qurilish-fizikaviy qiyinchiliklar tug‘diradi, ulardan yengil betondan foydalanib qutulish mumkin.
Yengil betonlar o‘rtacha zichligiga qarab Germaniyada quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • 2100-2000 kg/m³ - oddiy yengil beton

  • 2000-1300 kg/m³ - yengil konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 5 MPa dan yuqori

  • 1300-800 kg/m³ - yengil issiqlikdan izolyatsiyalangan konstruktiv beton, siqishga mustahkamligi 3,5 MPa dan yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,75 Vt/mK dan past.

  • 800-250 kg/m³ - juda yengil beton, siqishga mustahkamligi 0,5 MPa va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,30 Vt/mK dan past.

37-rasmdan ko‘rinishicha, yengil betonning siqishga mustahkamligi hajmiy zichlikka, ya’ni g‘ovaklikning ortishiga qanchalik bog‘liq ekan, shuningdek, bu bog‘liqlik ko‘p jihatdan yengil betonning turi bilan belgilanadi. Masalan, siqilishga mustahkamlikning 5 MPa gacha pasayishi 1700 kg/m³ bo‘lganda ham, faqat 600 kg/m³ bo‘lganda ham yuz berishi mumkin.

37- rasm. Turli betonlarda siqilishga bo‘lgan mustahkamligining (Rs) o‘rtacha zichligiga (0/) bog‘liqligi (Germaniya misolida).

Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin