Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə18/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

5.4. O‘ta yengil beton
O‘ta yengil betonlarda g‘ovaklik faqat yengil to‘ldirgich va juda g‘ovak matritsa bilan ta’minlanadi. Matritsa g‘ovakligida va mustahkamlikka ega bo‘lmagan (ko‘pik materiallar) yengil to‘ldirgich miqdori juda yuqori bo‘lganda, siqish yuklanishlari holida betonning buzilishi (yemirilishi) faqat betonning ko‘ndalang kengayishi oqibatidagina emas, balki asosan g‘ovaklar devorlarining mustahkam emasligidan yuzaga keladi. Ko‘ndalang kengayish cheklantirilganda cheklash hududida boshqa betonlarga qaraganda boshqa sharoitlar yuzaga keladi, shuning uchun oddiy beton uchun foydalaniladigan hisoblash koeffitsientlaridan turli o‘lcham va shakldagi namunalar uchun qo‘llash mumkin emas. Beton strukturasi turining o‘zgarishi mustahkamlikka va deformatsiyaga ham ta’sir ko‘rsatadi, bunda asosiy massaning qovushoqligi va nozikligi katta rol o‘ynaydi. 43 – 44 rasmlarda o‘ta yengil betonlardan qurilishda foydalanish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi keltirilgan.













43- rasm. Ko‘pikbetondan qurilishda foydalanish.


44-rasm. Serg‘ovak yengil beton ishlab chiqarish uchun to‘liq avtomatlashtirilgan sex chizmasi. Ishlab chiqarish xajmi 600 m3.

46- rasm. Gazbeton ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.


Bilimni mustahkamlash uchun savollar:



  1. Beton klassi degani nima?

  2. Betonlar qaysi ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflarga bo‘linadi?

  3. Yengil betonlar nima maqsadda ishlab chiqariladi?

  4. Betonlarda g‘ovak struktura nima maqsadda hosil qilinadi?

  5. Betonlarda g‘ovak strukturani hosil qilishning qanday usullarini bilasiz?

  6. Vollostanitdan betonlarda nima maqsadda foydalaniladi?

  7. Beton ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering.




Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin