Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə32/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

8.2. Pardozlash materiallari
Pardozlash materiallari - polimer materiallarning eng keng guruhi: list, plita, rulon, profil, pogonaj va boshqa materiallardan iborat.


75- rasm. Xonalarni pardozlash uchun ishlatiladigan gulqog‘oz materiallari.

Qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar-oldindan sintetik smolalar bilan shimdirilgan qog‘ozning bir necha qatlamlaridan qilingan paketni issiqlayin presslash (zichlash) usulida tayyorlangan zich materialdir. Qog‘oz qatlamli plastikning ustki qatlami bir rangli to‘ldirilmagan tekstura qog‘oz listidan yoki bosmaxona usulida bosilgan rasmli qog‘ozdan iborat. Rasm yog‘och yoki toshning qimmatbaho navlarining (dub, yong‘ok, karel qayin, marmar, malaxit va boshqalar) xuddi o‘zi bo‘lishi mumkin.


Qog‘oz qatlamli plastik listlar uzunligi 400-3000 mm, eni 400...1600 mm va qalinligi 1-3 mm. Qog‘oz qatlami plastikning orqa tomoni taram- taram qilinadi, chunki, bunday yuzalar asosga yaxshi yopishadi.
Qog‘oz qatlamli dekorativ plastik listlar madaniy va maishiy binolarning ichini pardozlashda mebel shchitlar o‘rnida ishlatiladi.
8.3. Quvurlar va sanitariya-texnika buyumlari
Keyingi yillarda qurilishda plastmassalardan tayrlanadigan quvurlar, sanitariya-texnika buyumlari va uskunalarning detallari keng qo‘llanilmoqda.
Plastmassa quvurlar polietilen, polivinilxlorid va boshqa polimer materiallardan shnekli ekstriziya usulida olinadi. Quvurlar diametri 6-150 mm gacha diametrli qilib chiqariladi, devorlarining qalinligi 2 dan 8 mm gacha. Ular 1,2 MPa gacha ish bosimiga chidaydi. Ulardan qurilishda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, ventilyatsiya maqsadlarida foydalanadilar.
Plastmassalar xilma-xil sanitariya-texnika buyumlari va asboblar – bet-qo‘l yuvgich, rakovina, unitaz, yuvish bachoklari, vanna, sifon, aralashtirgich, ventilyatsiya panjaralari va shu kabilarni tayyorlash uchun yaxshi material hisoblanadi.
Plastmassalardan qilingan uskunalarning buyumlari va detallari jumlasiga deraza va eshik dastalari, deraza jalyuzalari (darpardalar) va boshqalar kiradi. Bundan tashqari turli elektr qurilmalari va asboblarining turlari tayyorlanadi.






76- rasm. Polmer santexnika buyumlari va quvurlar.



Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin