Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari


Bilimni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə35/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

Bilimni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Nanotexnologiyalar degan atamani kim taklif etgan?

  2. Fyulleren nima?

  3. Nano so‘zi nimani anglatadi?

  4. Nanotrubka nima?

  5. Klaster nima?

  6. Qurilishda nanotexnologiyalardan qanday foydalaniladi?

  7. Nanoo‘lchamdagi kukunlarni qanday usullar bilan olish mumkin?

  8. Nanosement nima?

  9. Nanomodifikatsiya deganda nimani tushunasiz?



Glossariy
Fermacell” plitasi qog‘ozni ikkilamchi qayta ishlashda olingan qog‘oz tolalari va gipsdan iboratdir.
«VELOKS» yog‘och-sementli plitalarni tayyorlash uchun optimal namligi 22% bo‘lgan yog‘och chiqindilaridan foydalaniladi.
Agloporit - loyli jinslar bilan 8-10% gacha yonuvchi qo‘shilmalarni maxsus tur o‘rnatilgan aglomeratsiya mashinasida pishirib olingan yengil sun’iy to‘ldirg‘ich.
Armatura (lot. armatura – qurol-yarog‘, uskuna, jihoz) – bu detal yoki uskunalar yig‘imi bo‘lib, mashina, konstruksiya yoki inshootning asosiy qismi bo‘lmay turib, ularning to‘g‘ri ishlashini ta’minlab beradi. Temir-betonda armaturadan konstruksiyani egilishga yaxshi ishlashi uchun foydalaniladi. Temir-betonda armaturadan sterjen, arqon ko‘rinishida va karkaslar, to‘rlar va boshqalar ko‘rinishida foydalaniladi. Armaturani konstruksiyada cho‘ziladigan zonaga cho‘zuvchi kuchlni qabul qilish uchun o‘rnatiladi. Bu esa olingan materialni xam siqilishga xam, cho‘zilishga yaxshi ishlashiga imkon beradi. Armatura beton bilan yaxshi tishlashishi va bir xil KLTR (temperaturadan chiziqli kengayish koeffitsienti) ga egaligi temir betonni keng qulamda ishlatish mumkinligini ta’minlaydi.
Beton - ma’lum miqdorda o‘lchab olingan bog‘lovchi modda, mayda va yirik to‘ldirg‘ichlar va suv aralashmasidan tashkil topgan qorishmaning asta-sekin qotishi natijasida hosil bo‘lgan sun’iy tosh. U suv bilan bog‘lovchini reaksiyasi natijasida bog‘lovchi moddaning zarrachalaridan, yangi xosil bo‘lgan minerallardan, to‘ldirg‘ichlardan, suv, ba’zi vaqtlarda ko‘shilgan qo‘shimchadan, kiritilgan havodan iborat bo‘lgan murakkab ko‘p komponentli sistema.

Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin