Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari


Quruq qurilish qorishmalari



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə37/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

Quruq qurilish qorishmalari – bu ko‘p komponentlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning tarkiblarida mineral bog‘lovchi va to‘ldirgichdan tashqari, mineral bog‘lovchining qotishi va mustahkamligini boshqarish va qorishma qotgandan keyingi zarur fizik-mexanik xossalarga erishishini ta’minlash maqsadida kimyoviy qo‘shimchalar kompleksi mavjuddir.
Nanomateriallarga o‘lchamlari 100 nmdan kichik bo‘lgan va ekspluatatsion xossalari tuzilish elementlariga bog‘liq bo‘lgan materiallarga aytiladi.
Plastiklovchi qo‘shimchalar – juda oz miqdorda qo‘shilishiga qaramay pastalarning xarakatlanuvchanligi (oquvchanli, yaxshi joylashuvchanligi)ni oshiruvchi qo‘shimchalar.
Polimerlar yuqori molekular birikmalar (smolalar) dan iborat bo‘lib, molekulalari ko‘p karra takrorlanadigan strukturali zvenolardan iborat. Kelib chiqishi bo‘yicha polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) polimerlarga bo‘linadi.
Portlandsement deb portlandsement klinkeri va gipsni birgalikda mayin tuyish natijasida olingan kukunsimon materialga aytiladi. Tuyish paytida faol mineral qo‘shimcha yoki boshqa qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin.
Tabiiy polimerlar - oqsillar, nuklein kislotalar, tabiiy kauchuklardan iborat.
Shishabloklar bu ikki presslangan shisha plastinani (yarim bloklarni) biriktirib ichi bo‘sh germetik yopiq qilib tayyorlangan mahsulotdir.
Shishamagniyli listlar (SML, glass magnesium board) – bu listli qoplama material bo‘lib, asosiy tashkil etquvchilari bo‘lib magniy oksidi -(MgO) 40-50%, magniy xlorid (MgCl2,- 30-35%, perlit (SiO2, vulqon shishasi, materialda tovush izolyatsion material sifatida) 3-8%, yog‘och qirindisi - 15% gacha, suv, shishatola, polipropilen matosi.
Shishapaketlar bu ikki yoki undan ko‘p shisha listlarini bir-biri bilan oraliq ramka va germetik yordamida birlashtirilgan germetik yopiq konstruksiyadir.
Shishaprofilitlar – uzluksiz prokatlash orqali tayyorlangan shaffof yoki rangli profilli shishalardir. Ular yuzasi tekis, taram-taram botiq yoki bo‘rtma chiziqli, absolyut shaffof yoki xira bo‘lishi mumkin. Yana konstruksiyaga yuqori mustahkamlik berish maqsadida metall to‘r bilan armaturalangan shishaprofilitlar ham ishlab chiqarilishi mumkin. Ular qalinligi 6-7 mm, eni 250 yoki 500 mm, uzunligi esa 7000 mmdan oshmagan tahtachalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi.



Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin