Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari


SOPOL MATERIALLAR VA BUYuMLAR



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə2/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

1. SOPOL MATERIALLAR VA BUYuMLAR

Vatanimizda juda ko‘p tarqalgan kaolin, giltuproqlarning o‘zi va qo‘shimchalar bilan ishlatiladigan giltuproqlar sopol buyumlar ishlab chiqarish uchun zarur xom-ashyodir. Giltuproq suv bilan aralashtirilganda u xoxlagan shakl berish mumkin bo‘dgan plastik loyga aylanadi. Undan yuqori haroratda pishirib va turli qurilish buyumlari, ro‘zg‘or anjomlari hamda me’morchilik buyumlari ishlab chiqarish mumkin. U pishirilgandan so‘ng qattiq va suv ta’siriga chidamli pishiq sun’iy tosh material hosil bo‘ladi.


O‘zbekiston xududida sopol material va buyumlar ishlab chiqarish eramizdan 2-3 ming yil avval keng qo‘llanilgan. Pishiq g‘ishtdan II –III asrlarda kolonna asosi va deraza eshiklar o‘rnatiladigan joylarning peremichkalarini qurishda, IX asrdan boshlab devorbop material sifatida foydalana boshlangan. Bu borada ota-bobolarimizning erishgan yutuqlari qay darajada bo‘lganligi haqida Samarqand, Buxoro, Xiva yodgorliklari dalolat berib turibdi.
Devorbob sopol buyumlar
Devorbob sopol buyumlar qurilishda ishlatiladigan devorbob buyumlarning 50% ni tashkil etadi. Zichligiga ko‘ra devorbob sopol buyumlar (g‘isht, sopol tosh) 3 qismga bo‘linadi:

  1. Effektiv — zichligi 1400 - 1450 kg/m3 dan ko‘p emas, issiqni yaxshi ushlab tura oladigan;

  2. Shartli effektiv - 1450 - 1600 kg/m3;

  3. Oddiy — 1600 kg/m3 dan katta.

Oddiy pishiq g‘ishtning o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lib, qirralari to‘g‘ri, aniq, yuzasi silliq va tekis bo‘lishi kerak. Tomonlari 3 mm gacha farq qilishi mumkin.
Modulli g‘ishtlar o‘lchamlari 250x120x88 mm va dumaloq yoki to‘rtburchak kovakli bo‘ladi. Mustahkamligiga qarab g‘isht quyidagi markalarga bo‘linadi: 75; 100; 125; 150; 200; 250; 300.
Eng ko‘p tarqalgan devorbop materiallarning turlari 3-5-rasmlarda keltirilgan.



3-rasm. Oddiy pishiq g‘isht.


4-rasm. Devorbop materiallarning yangi turlari.



5-rasm. Pardozbop g‘ishtlar.





Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin