Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə27/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

6.10. “Fermacell” plitasi
Germpniyaning “Fermacell” plitasi qog‘ozni ikkilamchi qayta ishlashda olingan qog‘oz tolalari va gipsdan iboratdir. Ikkala tabiiy xom-ashyo komponentlari aralashtiriladi va suv qo‘shilgandan so‘ng qovushtiruvchidan foydalanilmagani holda yuqori bosim ostida barqaror plitalarga presslanadi, keyin quritiladi, suvdan itariluvchi vositalar singdiriladi va kerakli o‘lchamdagi shakllar qirqib olinadi.
Suvli muhitda gips tolalarni o‘ziga tortadi. Bu “Fermacell” plitalariga mustahkamlik va yong‘inga bardoshlik beradi. Ularning tarkibi tufayli bu plitalar ham qurilish, ham yong‘inga qarshi va namlikka chidamli plitalar sifatida foydalanishi mumkin.


6.10.1. “Fermacell” plitalarining qurilishda fizikaviy xossalari
6.10.1.1. Tovush izolyatsiyalovchi xossalari
Turli xil muassasalarda o‘tkazilgan sinovlar “Fermacell” plitalarining juda yuqori tovush izolyatsiyalovchi xossalarga ega ekanini tasdiqladi. Shu plitalardan foydalangan holda tayyorlangan devorlar va to‘siqlarni sinash jarayonida tovush izolyatsiyasi darajasi 86 dB gacha yetishi, zarbaviy shovqinlardan tovush izolyatsiyasi darajasi 16 dB gacha (yengil to‘siqlarda) va 24 dB gacha (massiv to‘siqlarda) yaxshilanadi.
6.10.1.2. Yong‘indan himoyalovchi xossalari
Qalinligi 10; 12,5; 15 va 18 mm bo‘lgan sirtiuga ishlov berilgan “Fermacell” plitalari RA III.4.6 sinov bayonnomalari asosida DIN 4102 (1 qism) standarti bo‘yicha yonmaydigan qurilish materiali sifatida Berlindagi Qurilish texnikasi instituti tomonidan foydalanishga ruxsat etilgan.
Materiallarni F 30 dan F 120 yong‘inga bardoshlilik sinfi uchun devor konstruksiyalari va to‘siqlar konstruksiyalarini sinash bo‘yicha nemis va yevropa laboratoriyalarida o‘tkazilgan.
6.10.1.3. Tovush izolyatsiyasi
Yer tuzilishi, qurilish va shahar qurilishi federal vazirligining W 30/80 qarorida belgilangan “Fermacell” plitalari issiqlik o‘tkazuvchanligining hisobiy qiymatlari diffuziyaga qarshilik koeffitsienti 11 va zichlik 1.180±50 kg/m3 bo‘lganda 0,36 Vt/m.K ni tashkil etadi.



57-rasm. Issiqlikni kam o‘tkazuvchi devor konstruksiyasi.
1. Suvoq. 2. Styropor 120 mm WLG 035. 3. Fermacell (gips-tolali plita) 12,5 mm. 4. 160 mm qalinlikdagi yog‘och konstruksiya. 5. Yog‘och sinch orasidagi mineral paxta WLG 035. 6. Par izolyatsiyasi - 0,2 mm.
7.) Havo qatlami - 10 mm. 8. Mineral paxta WLG 040 -50 mm
9.) Latun 60 mm.
10.) Fermacell (gips-tolali plita) 12,5 mm.



58-rasm. Tashqi devor konstruksiyasi. 1. Fermacell - gips-tolali plita 15 mm.
2. Issiqlik izolyatsiyasi bilan orasi to‘ldirilgan yog‘och sinch - 40 mm
3. Par izolyatsiyasi.
4.. Issiqlik izolyatsiyasi bilan orasi to‘ldirilgan yog‘och sinch - 120 mm.
5. Fermacell - gips-tolali plita 15 mm.
6. Termo-fasad 107 mm.
Umumiy qalinligi 297 mm.



Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin