Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari


Bilimni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 13,32 Mb.
səhifə31/39
tarix26.11.2023
ölçüsü13,32 Mb.
#136187
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari

Bilimni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Turar-joy binolarida qoplama materiallardan foydalanishda nimalarga ahamiyat berish zarur?

  2. Shisha-magniyli listlar nima?

  3. Gipskarton listlari qanday texnologiya bo‘yicha ishlab chiqariladi?

  4. Karkasli pardevor nima?

  5. Binolarning tashqi yuzalarini qoplashda qanday materialdan foydalaniladi?

  6. Akvapanel nima?

  7. To‘suvchi devorlar konstruksiyasini tushuntirib bering?

8. POLIMER QURILISH MATERIALLARI VA
BUYUMLARI

Sun’iy yoki yuqori molekular tabiiy birikmalar - polimerlardan, plastik massalardan tayyorlanadi. Ular qayta ishlash jarayonida turli shakl oladi va shu shaklini barqaror saqlab qolish xususiyatiga ega. Polimer degan so‘z grekcha poli - ko‘p va meros qismdan iborat tarkib degan ma’noni anglatadi.


Plastik massalar nisbatan yangi material hisoblanadi, ularning texnologiyasi keng rivojlanmoqda, ishlatish sohasi esa kengaymokda.
Plastik massalar tarkiban murakkab tuzilishli polimer bog‘lovchidan plastifikatorlar, qotirgichlar va boshqa komponentlardan iborat.
Polimerlar yuqori molekular birikmalar (smolalar) dan iborat bo‘lib, molekulalari ko‘p karra takrorlanadigan strukturali bo‘g‘inlardan iborat. Kelib chiqishi bo‘yicha polimerlar tabiiy va sun’iy (sintetik) polimerlarga bo‘linadi. Tabiiy polimerlar - oqsillar, nuklein kislotalar, tabiiy kauchuklardan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladigan sun’iy (sintetik polimerlar xom-ashyoning har xil turlaridan, ya’ni toshko‘mir, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va boshqalar) kimyo korxonalarida polimerizatsiya yoki polikondensatsiya usuli bilan uni qayta ishlash asosida olinadi.


71- rasm. Plastik materialdan eshik va romlar.


8.1. Polbop polimer buyumlar
Hozirgi vaqtda qurilishda pollarni yopish uchun polimer o‘rama va plitka materiallar keng tarqalgan.
Polimer polbop materiallar, yog‘och, sopol qoplama materiallaridan ancha yengil, ular bioturg‘un, mustahkam, gigiena talablariga javob beradi.
Pollarga qoplanadigan o‘rama materiallar turli sintetik polimerlar asosida to‘ldirgichlar, plastifikatorlar va pigmentlar kiritib tayyorlanadi. Ular linoleumlarga va sintetik gilam qoplamalarga bo‘linadi.
Polimer turiga qarab linoleumlar: polivinilxloridli, gliftalli, kolloksilinli, rezinali (relin) linoleumlarga bo‘linadi hamda tuzilishiga qarab asossiz, asosli (issiqlikdan va tovushdan himoyalovchi) bir qatlamli va ko‘p qatlamli linoleumlarga bo‘linadi, yuzasidagi rangga qarab esa bir rangli va ko‘p rangli turlarga ajratiladi.
Pollarga qoplanadigan polimer o‘rama materiallar yeyilishiga yaxshi qarshilik ko‘rsatadi, suvni kam singdiradi, egiluvchanligi yuqori va boshqa ijobiy xossalarga ega bo‘ladi. Ko‘piklangan lateks asosida tayerlanadigan tukli sintetik gilam ikki qatlamli o‘rama material bo‘lib, unda yeyilishga chidamli ustki qatlam poliamid (kapron) matodan, asosi esa ko‘pirtirilgan tabiiy yeki sintetik lateksdan bajarilgan.
Gilam qoplamaning umumiy qalinligi 8 mm da kapron tukning balandligi 3 mm, ko‘pirtirilgan lateks asos balandligi esa 5..6 mm.
Tukli gilam uzunligi 12 m gacha eni 1 dan 4 m gacha va qalinligi 8 mm bo‘lgan bir en matolar ko‘rinishida tayerlanadi.

72- rasm. Linoeumli pol o‘rama materiallari.
Ularning rangi turli xil bo‘lishi mumkin.
Tukli sintetik gilam past tovush va issiqlik o‘tkazuvchanlik xossalariga ega, yeyilishga va mexanik ta’sirlarga
chidamli, namlab tozalash mumkin.
Tukli sintetik gilamni mehmonxona nomerlarini, konsert va teatr zallari, institutlar o‘qish zallarini pollarini qilishda ishlatadilar.



73- rasm. Tukli sintetik gilam (kovralan)lar.
Tukli tikma (tafting) to‘qilmagan gilamlar oddiy va arzon texnologiyasi tufayli juda keng tarqalgan. Ular eni 450 sm gacha bo‘lgan ilmoq yoki qirqma tukli bir en mato yoki poyondozdan iborat.







74- rasm. Polimer quyma pollar.






Yüklə 13,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin