77- rasm. Yog‘ochdan ishlangan eshik va deraza romlari.
78- rasm. Yog‘ochdan yasalgan zamonaviy zinalar.
Bilimni mustahkamlash uchun savollar: Yog‘ochning qanday turlarini bilasiz?
Yog‘ochni chirishdan saqlash uchun qanday ishlov beriladi?
Yog‘ochni yong‘indandan saqlash uchun qanday ishlov beriladi?
Zamonaviy qurilishdagi yog‘ochdan foydalanish haqida aytib bering.
10. NANOTEXNOLOGIYaLAR ASOSLARI Hozirgi vaqtda inson faoliyatining tez rivojlanayotgan sohasi nano ilmdir. Nano nima? Nano so‘zi uzunlik o‘lchov birligi bo‘lgan nanometr so‘zidan olingan bo‘lib, nanometr (nm) bir metrning 10-9 qismidir yoki mikrometrga nisbatan 1000 barobar kichik va bitta atom o‘lchamlariga mos keladi. Bu o‘lchamlarda klassik fizika qonunlari ishlamaydi, nanotuzilishlar faqat kvant qonunlariga bo‘ysunadi va makrodunyo xossalaridan farq qiluvchi xossalarga ega bo‘ladi. Shundan nano ilm nomi kelib chiqqan.
Nanomateriallarga o‘lchamlari 100 nmdan kichik bo‘lgan va ekspluatatsion xossalari tuzilish elementlariga bog‘liq bo‘lgan materiallarga aytiladi. Bunda tuzilish elementi materialning fizikaviy-kimyoviy xossalariga ta’sir etadi. Shu sababli nanotuzilishlar shunday tuzilishlarki, ular o‘lchamlarining keyingi kichrayishlari xossalarga ta’sir qila boshlaydi. Masalan, qumni nanotuzilishga o‘tkazganimizda uning issiqlikni saqlash va elektr himoyalash xossalari bir-necha marotaba oshadi va h.k.