Beton qorishmasi - Murakkab ko‘p komponentli polidispersion tizimni o‘zida ifodalovchi beton qorishmasini suv, sement va to‘ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali olinadi.
Vollastonit - xom-ashyosining tuzilishi juda mustahkam bog‘langan polimerli silikatdir.
Gidravlik bog‘lovchi moddalar - ham havoda ham suvda qotib o‘z mustaxkamligini havoda ham suvda ham (suvda yaxshiroq) oshirib boradi.
Gilli cherepitsa loydan qolipga quyilgan, so‘ngra pishirilgan to‘g‘ri burchakli plitkalar yoki novlar ko‘rinishidagi qurilish materialidir.
Gipskarton pardozbob qoplama material bo‘lib, oson mantaj qilish ishlarida qiyinchilik bo‘lmaydi. Binoning faqat ichki joylarda ishlatiladi. Namlik ta’sir kilmagan sharoitda ishlatiladi. Gipskarton ikki tomonlama qog‘oz karton orasiga, gips bo‘tqasini joylab zichlanadi, keyin quritiladi.
Donador domna shlaki metallurgiya sanoatining chiqindisidir. Metall olishda domna qozoni sirtiga ko‘tarilgan eritmani tez sur’atda sovutib yirik qum singari g‘ovak donalardan tashkil topgan (5-10 mm) shlak olinadi.
Yonilgi shlaki va kuli - toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mirni yoqishdan hosil bo‘ladigan yengil betonbop g‘ovak to‘ldirgichlardir. Ko‘mir tarkibidagi anorganik qo‘shimchalar (masalan loy) yuqori tempuraturada erib, bo‘lak-bo‘lak g‘ovak materialga aylanadi.
Ishqorli sement deb alyumosilikat bilan ishqoriy tashkil etuvchilar asosida olingan gidravlik bog‘lovchi moddaga aytiladi.
Keramogranit – ekologik toza material bo‘lib, uning suv shimuvchanligi massasi bo‘yicha 0,1– 0,2% ni tashkil etadi. Uning bilan nafaqat ichki va tashqi devorlarni, balki shamollatiluvchi fasadlarni pardozlash va ochiq balkon va ayvonlarda foydalanish mumkin.
Ko‘pchitilgan vermikulit– tabiiy tog‘ jinsi vermikulitni 1000-11000S haroratda pishirib ko‘pchitish yo‘li bilan olinadi.
Ko‘pchitilgan perlit - tarkibida suv miqdori kam (2-4%) bo‘lgan vulqondan otilib chiqqan shishasimon tog‘ jinslarini (perlitlar, obsidianlar) 950-1200°S da jadal pishirib olingan yengil to‘ldirgich.