Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari
Shishabloklar
Shishabloklar bu ikki presslangan shisha plastinani (yarim bloklarni) biriktirib ichi bo‘sh germetik yopiq qilib tayyorlangan mahsulotdir.
Ulardan vannaxonalarning devorlari, xonalar orasidagi pardevorlarni, devorlarda dekorativ elementlar va boshqalarni qurishda foydalaniladi.
Shishabloklarning har bir yarimtalik bo‘lagini qalinligi 6-7 mm qilib tayyorlanadi. Shishabloklarning yuzasi tekis, taram-taram botiq yoki bo‘rtma chiziqli, shaffof, xira va rangli bo‘lishi mumkin. Ana shulardan kelib chiqib ular tiniq (yuzalari tekis), nur tarqatuvchi va nur yo‘naltiruvchi (taram-taram botiq yoki bo‘rtma chiziqli shishabloklar) turlarga bo‘linadi.
Qalinligi 7,5 dan 10 sm gacha bo‘lgan shishabloklarni ko‘p uchratish mumkin. Bor dona shishablokning vazni 2,5 dan 4,3 kg gacha bo‘lishi mumkin. Odatda ularning shakli to‘g‘ri to‘rtburchak yoki kvadrat bo‘lishi mumkin. Zamonaviy shishabloklarning o‘lchami 19 × 19 × 8 sm yoki 24 × 24 × 8 sm ga teng (20 rasm). Bundan tashqari shishabloklar zarur xollarda uchburchak, burchakli va dumaloq shaklda ham ishlab chiqarilishi mumkin.
20-rasm. Shishabloklarning turlari.
Hozirgi vaqtda shishabloklar mexanizatsiyalashtirilgan liniyalarda ishlab chiqariladi. 21-22 rasmlarda shishabloklarni terish va ularning intererdagi ko‘rinishi keltirilgan.