Atrofiya – (yun. atropheo - ozayapman) to‘qimalar oziqlanishining buzilishi natijasida a’zolarning kichrayib, hujayralar sifatining o‘zgarishi.
Attraktantlar – (lot. attraho – o‘zimga jalb qilaman) hashorotlarni o‘ziga jalb etuvchi tabiiy va sintetik kimyoviy moddalar.
Autogen – (yun. autos - o‘zim) qo‘shma so‘z bo‘lagi; aynan avto….ni anglatadi.
Autogen mashq – (yun. autogenes – o‘zi bajaradigan) autotrening – ichki a’zolar funksiyasi, harakat faoliyati buzilganda o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini boshqarish orqali shu holatdan forig‘ bo‘lishga olib keladigan psixoterapiya usuli.
Afeliy – (ano… va yun. helios - Quyosh)- Quyosh atrofida aylanuvchi sayyora, kometa yoki biror kosmik jism orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi.
Aerozol – (aero… va lot. solutio - eritma) gaz muhitida muallaq turadigan mayda- mayda qattiq yoki suyuq zarralardan tashkil topgan dispers tizim.