Genetika – (yun. genesis – kelib chiqish, paydo bo‘lish) barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan irsiyat va o‘zgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini o‘rganadigan fan.
Genetik injeneriya – molekulyar injeneriya sohasi: genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shug‘ullanadi.
Geologiya – (geo… va …logiya) – Yer po‘sti va yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui.
Geosferalar – (geo… va sfera) – yerni tashkil etgan konsentrik qobiqlar. Yerning ustidan markaziga tomon atmosfera, gidrosfera, yer po‘sti, mantiya, yadro geosferalari ajratiladi.
Gerontologiya – (yun. geron, gerontos – keksa, qari va logiya) – tirik organizmlar, jumladan odamning qarish jarayonini o‘rganadigan Fan; tibbiyot va biologiya fanlarining bir bo‘limi.