Gipertoniya – (giper… va yun. tonos - taranglik) – a’zo va to‘qimalar tonusi (tarangligining) ortishi. Mayda arteriyalar tonusining ortishi natijasida qon bosimining ko‘tarilishi gipertoniya deb ataladi.
Gipotoniya – (gipo… va yun. tonos - taranglik) to‘qima, a’zo va sistemalarning bo‘shashuvi, ya’ni tonusi (tarangligining) pasayishi.
Gormonlar – (yun. hormanino - qo‘zg‘ataman) ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va to‘qima suyuqligiga o‘tadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli a’zo hamda to‘qimalarning faoliyatini boshqaradi.