Izotoplar – (izo… va yun. tovos - kuchlanish) – yadrolardagi neytron soni bir xil bo‘lgan turli kimyoviy elementlarning atomlari.
Immunitet – (lot. immunitas – biror narsadan xolos, ozod bo‘lish, qutulish) – tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi “yot” omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi.
Intellekt – (lot. intellectus – bilish, tushunish, idrok etish) – insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va o‘zgartirish, fikrlash, o‘qish-o‘rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati.