Konsepsiya – (lot. conceptio – majmua, tizim): 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazari; 2) adabiyotda – biror asarning asosiy g‘oyasi.
Korpuskulyar – to‘lqin dualizmi – materiyaning har qanday mikroob’ektlari haqida qoida.
Kosmologiya – (kosmos va … logiya) – Koinotning tuzilishi va rivojlanishini hamda nisbiylik nazariyasi ob’ektlarini kuzatuv ma’lumotlari bilan nazariy tadqiqotlar yordamida o‘rganuvchi fan.
Kosmos – (yun. kocmos – butun olam, dunyo, tartib) Koinotning ikkinchi nomi. Butun olamning sinonimi; Yerdan tashqaridagi borliq va uning atmosferasi; kosmik apparatlar bortidan tekshirish qulay bo‘lgan fazo sohasi; Yer atrofidagi fazo.