Nukleotidlar – nukleozid fosfatlar – nukleozidlarning fosforli efirlari. Ular tirik hujayralarda ekrin holda bo‘lib, moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
Ozon – (yun. ozon – hid tarqatuvchi), O3 – kislorodning allotropik shakli. Ozon molekulasida 3 ta kislorod atomi bor. Ko‘k tusli va portlovchi gaz.
Ozonosfera – Yer sirtidan 10-50 km balandlikda joylashgan ozonli atmosfera qatlami. Ozon 20-25 km balandlikdagi ozonosferada eng ko‘p to‘planadi.
Organoidlar – (yun. organon – organ va eidos – ko‘rinish, qiyofa) – hujayraning hayot faoliyati davomida uning maxsus funksiyasining bajarilishini ta’minlovchi doimiy tarkibiy qismlar, ya’ni hujayra organlari.
Pigmentlar – (lot. pigmentum - buyoq): 1) (biologiyada) organizmlar to‘qimalari tarkibiga kiradigan buyoq birikmalar; 2) (kimyoda) suvda, organik erituvchilarda parda hosil qiluvchi moddalarda va boshqa bo‘yaladigan muhitlarda erimaydigan (bo‘yagichlardan farqli o‘laroq) yuqori dispers kukunsimon bo‘yovchi moddalar; a) organimk pigmentlar kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lgan sintetik buyoq moddalar; anorganik pigmentlar tarkibida ko‘p miqdorda temir oksidlar, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar bo‘lgan tabiiy minerallar.