Zamonaviy tabiiyot bilmilari konsepsiyalari Leksiyalar kursi mundarija


-20 asrlarda tabiiy bilimlarning rivojlanishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə8/66
tarix02.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#114068
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
18-20 asrlarda tabiiy bilimlarning rivojlanishi

18-asrning o‘rtalarida tabiatshunoslikka tabiat hodisalarining evolyutsion rivojlanish g‘oyalari kirib kela boshlandi. Bunda I.Kant, M.V.Lomonosov, P.S.Laplaslarning Quyosh sistemasining tabiiy paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi gipotezalar rivojlantirilgan ilmiy ishlari katta rol o‘ynadi.

Nemis olimi va faylasufi I.Kvant (1724-1804 yillar) tabiiyot va tabiat falsafasi masalalariga e’tibor berib, kosmogonik gipotezani yaratdi. Olimning farazicha, Quyosh tizimi tuman massasi shaklidagi moddiy zarralardan tashkil topgan va hozirgi holatgacha rivojlangan. I.Kantning kosmogonik nazariyasi va tabiat falsafasiga oid fikrlari stixiyali materialistik va dialektik harakterga ega.

Fransuz astronomi, matematigi, fizigi P.S.Laplas (1749-1827 yillar) mustaqil holda I.Kantning kosmogoniya nazariyasiga o‘z fikrini bildirib, nazariyani to‘ldirdi. Laplasning “Osmon mexanikasi haqida traktat” asarida, Quyosh tizimi uzoq muddat davomida turg‘un qolishi isbotlandi. Olim Quyosh atrofida atmosferaga o‘xshagan turli gaz massasi mavjudligini isbotladi.

P.S.Laplas, I.Kantning nazariyasiga qo‘shimcha qilganligi uchun nazariya uzoq vaqtgacha Kant-Laplas kosmogonik nazariyasi deb ataldi.

M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar) moddalarning saqlanish qonunini tajribada aniqlab, nazariy jihatdan asosladi va harakatning saqlanish qonuni g‘oyasini berdi. U issiqlikni molekulalarning aylanma harakati bilan tushuntirib, issiqlikning mexanik nazariyasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari M.V.Lomonosov gazlar kinetik nazariyasini, yorug‘likning to‘lqin nazariyasini, elektr hodisalari (yashin hodisalarini) nazariyalarini ishlab chiqdi. U Venerada atmosfera borligini isbotladi, hamda boshqa planetalarda ham hayot mavjud bo‘lish mumkinligini faraz qildi.

J.B.Lamark (1744-1829 yillar) fransuz tabiatshunosi birinchi bo‘lib, hayvonot olamini ikkita asosiy guruhga – umurtqasizlar va umurtqalilarga bo‘ladi. Lamark fikricha, barcha tirik mavjudot jonsiz narsalardan vujudga kelib, bir-biriga bog‘liq sabablar asosida, tasodifsiz rivojlangan. Bu ta’limot J.B.Lamarkning “Zoologiya falsafasi” asarda bayon etilgan va olimlar tomonidan yuksak baho berilgan.

1830-1833 yillarda ingliz tabiatshunosi Ch.Layelning “Geologiya asoslari” asari nashr qilindi, olim tomonidan geologik evolyutsiya puxta izohlandi va Yer halokati nazariyasi keskin tanqid qilindi.

Geologik evolyutsiya, biologik evolyutsion ta’limotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ch.R.Darvin (1809-1882 yillar) “Turlarning pado bo‘lishi” asarida ilmiy tibbiyot materiallariga, paleontologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya, o‘simlik va hayvonlar (geografiyasi) asoslanib biologik evolyutsiyaning sabablarini ochib berdi. Keyinchalik, ko‘pgina kashfiyotlar Ch.R.Darvin asos solgan evolyutsion ta’limotni yanada chuqurlashtiradi, ya’ni biologik turlarni vujudga kelishiga ko‘pgina yangiliklar, evolyutsion jarayon qonulariga aniqlik kiritildi va evolyutsiyani boshqarilishining yangi istiqbollari ochildi.

Tabiatshunoslikda fundamental asarlar bilan bir qatorda tabiat evolyutsiyasi va taraqqiyotiga oid ilmiy kashfiyotlar yuzaga keldi. 19-asrning 30-yillarida xujayra nazariyasi kashf etildi va uning asosida T.Shvann xujayra nazariyasini hayvonot olamiga tatbiq etdi.

19-asrning oxirigacha hamma tabiiy fanlar rivojlanishda edilar. Bu davrda mexanikadan so‘ng, nazariy kimyo va termodinamika, elektr to‘g‘risida ta’limotlar taraqqiy eta boshladi. K.Dalton, A.M.Butlerovlar moddalarning kimyoviy o‘zgarishi molekulalarning kimyoviy tuzilishi, 1869 yilda D.I.Mendeleev kimyoviy elementlar davriy sistemasini kashf qildi va 70-yillarda atom juda kichik zarrachalardan iborat degan gipotezani ilgari surdi. Lekin, shu bilan birga atomlarning bo‘linishi to‘g‘risidagi dalillar to‘plana boshlaganida D.I.Mendeleevning o‘zi bu g‘oyaga qarshi bo‘ldi. Mana shuning o‘zi ilmiy fikrning noizchil, qarama-qarshi rivojlanishiga misol bo‘la oladi.

M.Faradey (1719-1867 yillar) ilm-fanda elektromagnit maydonini kashf etdi. Olim tajriba orqali birinchi bo‘lib, magnetizm bilan elektr o‘rtasida dinamik bog‘liqlik borligini aniqladi va tabiatda moddadan tashqari yana maydon ham borligi isbot qilindi. J.K.Maksvell (1831-1879 yillar) elektromagnit maydonini matematik nazariya, qonunlar bilan to‘ldirdi. Bu albatta, Galiley va Nyuton davridan so‘ng fan olamida eng katta voqea edi.

Organizmlarning hujayralardan tuzilganligi nazariyasini bergan P.F.Goryapinovning biologiyaning rivojlanishidagi xizmatlari buyukdir. Fiziologiyada I.M.Sechenov Oliy nerv faoliyatini kashf qildi. Uning bosh miya faoliyati mexanizmi to‘g‘risidagi ta’limoti I.P.Pavlov ishlarida tasdiqlandi. I.M.Sechenov (1829-1905 yillar) ruhiy xastalik asosida fiziologik jarayonlar yotishini isbotladi. U birinchi bo‘lib, bosh miya tomonidan boshqariladigan o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan harakatlarning reflektor harakteri to‘g‘risidagi g‘oyani berdi. I.P.Pavlov (1855-1935 yillar) tomonidan kashf etilgan shartli reflekslar bu g‘oyaning davomi bo‘ldi. I.M.Sechenov ilmiy ishlari natijasida bosh miya tajribaviy tadqiqotlar predmetiga aylandi, ruhiy hodisalar esa konkret shaklda moddiylik asosida tushuntirila boshlandi.

20-asr boshlarida fizikada, umuman tabiatshunoslikda inqilob ro‘y berdi, ya’ni dunyoning relyativistik va kvantomexanik manzarasi tan olindi. Bunga G.Gers tomonidan kashf etilgan elektromagnit to‘lqinlar, M.Bekkerel tomonidan – radioaktivlik, M.Skladovskaya va P.Kyuri tomonidan – radiy elementi, P.K.Lebedev tomonidan – yorug‘lik bosimi, M.Plank tomonidan – kvant nazariyasining birinchi ta’limoti, N.Bor pastulotlari va boshqa kashfiyotlar sabab bo‘ldi. Bu kashfiyotlar natijasida dunyo fizik manzarasining tarixan almashinishi ro‘y berdi. Agar Maksvellgacha fizik borliq moddiy nuqtalar ko‘rinishida deb fikrlangan bo‘lsa, undan keyin esa fizik borliq mexanika nuqtai nazardan tushuntirib bo‘lmaydigan uzluksiz maydonlardan iborat deb qaraladigan bo‘ldi. 20-asrda yangi davr kirib keldi. Olamning fizik manzarasi prinsipial yangi manzaraga aylandi.

Olamning ilmiy manzarasi falsafa fani bilan aniq fanlar nazariyalari o‘rtasida bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Bunday manbalarning o‘zaro munosabatlaridan tabiiy fanlarning yangi nazariy prinsiplari va kategoriyalari paydo bo‘ladi.

Tabiatshunoslik tarixida bir narsani unitish kerak emas. 20-asr ilmiy bilish jarayonida fizika fani oldinga bo‘lgan bo‘lsa, undan qolishmaydigan biologiya fani muvaffaqiyatlarini inkor etib bo‘lmaydi. Biologiyaning o‘ziga xos, yirik yo‘nalishlari: evolyutsion ta’limot, genetika, ekologiya va boshqalar, kibernetika va axborotlar nazariyalari bilan bir qatorda turib, dunyoning hozirgi ilmiy tasvirini vujudga keltirdi. Shuningdek, 20-asrda vujudga kelib, so‘nggi yillarda yanada rivojlanib borayotgan etologiya, psixologiya, parapsixologiya va ijtimoiy biologiya fanlarini ham, alohida ko‘rsatib o‘tish lozim.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin