fanlar tizimidagi o’rni
Bizni o‘rab olgan olamni o‘rgana turib biz hammadan avval falsafaning asosiy savoliga, ong birlachimi yoki materiya birlamchimi degan savolga javob berishimiz kerak. Dialektik materializm tarafdorlari Koinot materiyadan iborat degan g‘oyaning asoslashga harakat qiladilar.
Bizni o‘rab olgan dunyo moddiydir – u doimiy mavjud bo‘lgan va uzluksiz harakatlanuvchi materiyadan iboratdir.
Materiya – (lot. materia - modda) – borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha. Olamda umuman odam bo‘lmaganidek umuman materiya ham bo‘lmaydi, balki materiyaning aniq ko‘rinishlari uchraydi. Shu tarzda fikr yuritilgan faylasuflar barcha moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumlashtirib ifodalash uchun materiyani tushunchasini qo‘llashgan. Materiya tushunchasini moddiy olamning asosi sifatida Platon va Aristotel ishlab chiqqan. Materiyani R.Dekart fazoviy ko‘lam va bo‘ladigan moddiy substansiya deb ta’riflagan va u 17-18 asr materializmning asosi bo‘lgan. Materiya dialektik materializmning asosiy tushunchasidir. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining asosida yotuvchi va ularni umumlashtiruvchi tushuncha substansiya (mohiyat) deb ataladi. Olamning asosida bitta substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim monizm, ikkita substansiya yotadi deb hisoblovchi oqim dualizm, ko‘p substansiyalar yotadi deb hisoblovchi oqim plyuralizm deb atalgan.
Materiya uni o‘rganuvchi sub’ektga bog‘liq bo‘lmagan holda ob’ektiv mavjuddir. Materiya inson paydo bo‘lishidan oldin mavjud bo‘lgan va undan keyin ham mavjud bo‘ladi. Umuman aytganda, materiya tabiatda (Koinotda) real mavjud bo‘lgan va bizning sezgi organlarimiz yoki maxsus asboblar vositasida sezish mumkin bo‘lgan barcha narsalardir. Materiya ob’ektiv reallik bo‘lib insonning sezgi organlariga ta’sir qiladi va haqiqatni taxminan to‘g‘ri aks ettiradi. Bizning sezgilarimiz materiyadan nusxa oladi, surat oladi va uni aks ettiradi. Materiyaning konkret turlari turli-tumandir. Ularga elementar zarralar (elektronlar, protonlar, neytronlar va boshqalar), bunday bir necha zarralarning yig‘indisi (atomlar, molekulalar), fizik jismlar va fizik maydonlar (gravitatsion, elektromagnit va hokazolar) kiradi. Bu maydonlar vositasida turli moddiy zarralar o‘zaro ta’sirlashadi.
Jismlar yoki hodisalar bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lganligi uchun bu falsafada absolyut haqiqat deb aytiladi. Absolyut haqiqatga misol sifatida nafaqat alohida faktlar (masalan Abu Ali ibn Sino – Sharqning buyuk olimi), ammo fundamental ilmiy qoidalar, qonunlar, prinsiplar ularning ta’sir sferasini aniqlashda, ya’ni haqiqiyligini aniqlashda fanning abadiy yutuqlari bo‘lib qoladi.
Jismlar yoki hodisalar to‘g‘risidagi bizning tasavvurlarimiz haqiqatning nisbiy harakteriga ega va bu to‘g‘ri bilimlarning chegaralanganligini bildiradi. U yoki bu xulosalar qilib amalda ularning to‘g‘riligini doimo tekshirib inson “Namuna va xatoliklar” usuli bilan absolyut haqiqatga yaqinlashadi.
Shunday qilib, olamni bilish mumkin. Ammo har bir bilish ob’ekti o‘ziga xos bo‘lgan xilma-xil xususiyatlarga ega va ularning harakteristikalari tuganmasdir, ya’ni ularni oxirigacha o‘rganish mumkin emas. Bu esa bilishning cheksiz ekanligini chegaralari yo‘qligini ko‘rsatadi.
Absolyut haqiqatga erishib bo‘lmaydi, lekin bilish unga cheksiz yaqinlashish jarayonidir.
Bilish qanday rivojlantiradi? Har qanday bilishning birinchi eng zarur pog‘onasi kuzatishdir. Yetarli darajada kuzatishlar natijasida bir jinsli hodisaga tegishli bo‘lgan ilmiy farazlar, ya’ni gipoteza yaratiladi. Gipoteza – hodisalarni tushuntiruvchi ilmiy fikr aytiladi. Gipoteza hamma kuzatilayotgan qonuniyatlarni tushuntirishi va yangilarini oldindan aytib bera olishi kerak. Gipotezalarnng oldindan aytilgan qonuniyatlari eksperiment qo‘yish yo‘li bilan tajribada tekshirib ko‘riladi. Tajribada tasdiqlangan gipoteza nazariyaga aylanadi. Tasdiqlanmagan gipoteza esa tashlab yuboriladi va boshqasi bilan almashtiriladi. Faqatgina eksperiment (praktika) har qanday nazariya haqiqatligining kriteriyasi bo‘lib hisoblanadi.
Tabiiy bilimlar deb tabiat to‘g‘risidagi barcha fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geologiya, geografiya va boshqalar) majmuasiga aytiladi.
Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo‘yicha yuz beradi. Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog‘lanishni ochish va o‘rganish har qanday fan tarmog‘ining bosh maqsadi hisoblanadi. Buni bilish esa inson qo‘liga tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishga, ya’ni kelajakni oldindan aytishga va o‘tmishni izohlashga yordam qiladigan usullar berish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalarini inson foydasiga ishlatish mumkin.
Tabiiy bilimlarning maqsadi – tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish yo‘llarini ochib berishdir. Moddiy borliqni butunligicha, butun tabiiy fanlar tizimi asosida, bir-biridan ajratilmagan holda o‘rganish.
Fizika – tabiat to‘g‘risidagi, uning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Shuning uchun tabiiy bilimlar asosida fizika va uning qonunlari yotadi. Fizikaning boshqa tabiiy fanlarga kirib borishi shunchalik ko‘p qirraliki, ularning tutashgan joylarida yangi tabiiy fanlar paydo bo‘ladi. Fizika bilan kimyo orasida ularning ikkalasiga ham tegishli bo‘lgan keng sohalar bor, hatto fizik-kimyo va kimyoviy fizika degan maxsus fanlar vujudga kelgan. Osmon jismlarida bo‘ladigan fizik hodisalarni o‘rganuvchi astrofizika va Yer atmosferasi hamda Yer qobig‘ida bo‘ladigan fizik hodisalarni o‘rganuvchi geofizika fanlari shu tariqa vujudga kelgan. Fizika sohasidagi kashfiyotlar ko‘pincha boshqa fanlarning rivojlanishiga turtki berib keldi. Mikroskop va teleskopning ixtiro qilinishi biologiya va astronomiyaning taraqqiyotini tezlashtirdi. Fiziklar tomonidan ochilgan spektral analiz astrofizikaning asosiy usullaridan biri bo‘lib qoldi va hokazo.
Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonulari texnikada ko‘p qo‘llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi yoki yangi texnikaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Texnikaning taraqqiyoti o‘z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi.
20 asrda fizika sohasida ko‘plab muhim kashfiyotlar qilindi. Eng muhim kashfiyotlardan biri yadro energiyasini amaliy hosil qilish usullarini ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligida foydalanish bo‘ldi, atom elektrostansiyalari qurildi.
Fizika – hozirgi zamon tabiiy bilimlarini va dunyo texnologik holatining tayanch fanidir. Fizika insonning texnikaviy yutuqlarining asosini aniqlab bersa ham, bir vaqtning o‘zida tabiiy bilimlarni biologiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ob’ektiv holda, bu shu bilan bog‘liqki, biologiya tirik tabiat to‘g‘risidagi fandir. Fizika va biologiya fanlarining tabiiy ravishda bir-birini to‘ldirishi olamning tabiiy – ilmiy manzarasiga asos solishga imkon beradi.
Fizika va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishiga sabab nimada? Eng avvalo insoniyatning amaliy ehtiyoji natijasida. Insoniyatning butun tarixi shuni ko‘rsatadiki, agar jamiyat oldida muhim ehtiyoj paydo bo‘lsa, bu fanni oldinga harakatga keltiradi.
Hozirgi vaqtda insoniyat oldida ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq global biror bir ehtiyoj, muammo bormi? Albatta bunday muammo bor. Bu ham bo‘lsa hozirgi zamon sivilizatsiyasini yashash – tirik qolish muammosidir. Shuning uchun tabiiy bilimlarning asosiy prinsipi shundan iboratki, tabiat to‘g‘risidagi bilimlar empirik tekshirishdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Tabiiy fanlari texnika fanlaridan, dunyoni o‘zgartirishga yordam berish uchun emas, balki dunyoni bilishga qaratilganligi bilan, matematikadan ega belgilar tizimini emas, balki tabiat tizimlarini tadqiqot qilishi bilan farq qiladi.
Inson uni o‘rab turgan tabiat, ya’ni Koinot, o‘zi to‘g‘risida va o‘zining samaralari to‘g‘risidagi bilimlarga ega. Bu undagi barcha axborotlarni ikkita katta bo‘limlarga: tabiiy va gumanitar bilimlarga bo‘ladi.
Gumanitar bilimlar jamiyat va inson to‘g‘risida bilimlar beradi. Bu fanlarning bir-biridan farqi shundaki, tabiiy fanlar tabiatni o‘rgansa, gumanitar fanlar esa kishilik jamiyatini o‘rganadi. Ikkala guruh bilimlari orasida umumiy qonuniyatlar, tadqiqot uslublari va usullari mavjud va ular bir-birini to‘ldirib boradi. Oxirgi vaqtlarda tabiiy, gumanitar, jamiyatshunoslar va faylasuflarning birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
21 asrda texnik taraqqiyot rivojlangan vaqtda tabiiy-ilmiy mafkura qanday bo‘ladi? Ilmiy-texnik axborotlar oqimi o‘sib borayotganda yosh mutaxassis to‘g‘ri yo‘nalish olishi uchun, bu axborotlarni mustaqil guruhlarga ajrata olishi uchun va rivojlanishning bosh tendensiyasini to‘g‘ri ko‘rishi uchun o‘quv jarayonini qanday olib borish kerak? Ana shunday va boshqa savollar o‘z yechimini kutmoqda.
Dostları ilə paylaş: |