Bakteriyalar – (yun. bakterion - tayoqcha) bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi: shakllangan yadroga ega bo‘lmagan mikroskopik organizmlar – prokariotlar.
Bentos - (yun. benthos - chuqurlik) dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchiqda va uning ustida yashaydigan organizmlar.
Bio – (yun. bios - hayot) yasama so‘zlar tarkibiy qismi: 1) hayotga oidlikni (biogenez); 2) ma’nosiga ko‘ra biologiyaga aloqadorlikni bildiradi (biokataliz).
Biologiya – (bio… va logiya) – tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. Biologiya hayotning barcha ko‘rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va notirik tabiat bilan o‘zaro bog‘lanishini o‘rganadi.
Bionika – (yun. bion – hayot elementi, asl ma’nosi - yashovchi) – biologiya va kibernetikaning yanada mukammal texnik vositalar yoki qurilmalarni yaratish maqsadida organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyatini o‘rganadigan bir yo‘nalishi.