Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari


 Shaxsiy kompyuterlarning rivojlanib



Yüklə 305,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix23.06.2022
ölçüsü305,54 Kb.
#117185
1   2   3   4   5   6   7   8
1-maruza. “Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” faniga kirish (01)

2. Shaxsiy kompyuterlarning rivojlanib 
borish tendensiyalari. 
 
2.1. Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari 
«Texnologiya» grekcha so’z bo’lib (techne) mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay olishni 
anglatadi. Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga 
erishishga yo’naltirilgan xatti-harakatlar majmui tuShunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan 
tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga 
oshiriladigan xom ‒ ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining 
o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori 
darajada uddalash deganidir. 
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, material sifatida ham, mahsulot sifatida 
ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’yekt, jarayon yoki xodisa to’g’risidagi sifat jihatidan Yangi 
ma’lumot bo’ladi. Texnologiya xodimning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik 
vositalar orqali namoyon bo’ladi. 
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning boshidan 
oxirigacha bo’lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy elementlari majmuining bayonini 
ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan 
aniqlanadi: birinchidan, mazkur texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar 
orqali, ikkinchidan, mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani 
bajarish uchun jalb etish mumkin bo’lgan asbob ‒ uskuna vositalari orqali. 
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniyatini tavsiflab beradi. Ularning 
asosini inson tomonidan o’rganilgan (balki to’liq emas) tabiiy (fizik, kimiyoviy, biologik) jarayonlar 
yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy izlanishlari natijasida to’plangan tajribani aks 
ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya, usullar va 
prinsiplarni belgilovchi butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham 
turlicha. Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy tomonini, 
boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi. 
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan ta’siri har 
xil bo’lishini keltirib chiqaradi. Ba’zan ayrim uslub yoki prinsiplarning ishlab chiqarishga nisbatan 
ta’siri hisobga olinmasligi mumkin. 
Uslub va prinsiplar ishlab chiqarishning oxirigi jarayonidagi mahsulotni olishni belgilab 
beradi. Ushbu mahsulotni olishga erishish uchun, ishni kim va qanday bajarish davomiyligi aniq 
belgilangan bo’ladi. Mahsulotni yaratish jarayonida turli xil ishni amalga oshirish uchun 
foydalanilishi mumkin bo’lgan asbob ‒ uskuna vositalari texnologiya tarkibi uchun alohida 
ahamiyat kasb etadi. Asbob ‒ uskuna vositalarining mavjudligi (yoki bo’lmasligi) tayyor mahsulot 
ko’rinishida natijalar olish uchun zarur bo’lgan texnologik operatsiyalar ro’yhatini belgilaydi. Agar 
uni yaratish bo’yicha belgilangan barcha funksiyalar amalga oshirilsa (asbob ‒ uskuna vositalari 
yordamida yoki ularni qo’llamasdan), amalda o’sha buyumni olish texnologiyasini ishlab chiqish 
mumkin.
Aksincha, ayrim funksiyalar bajarilmasa yoki mavjud asbob ‒ uskunalar bilan uni bajarish 
o’ta murakkab bo’lsa, u holda tegishli operatsiyani bajara oladigan asbob-uskunalarni yaratish 
vazifasi qo’yiladi yoki bunday texnologiyani yaratish imkoniyati yo’qligi haqida qaror qabul 
qilinadi. Moddiy ishlab chiqarish 
texnologiyasi deganda
, tayyorlash, qayta ishlash vositalari va 
usullari orqali belgilanadigan xom ashyo, material holati, xususiyati va shaklining o’zgarish 


jarayoni tushuniladi. Texnologiya moddiy mahsulot olish maqsadida materialning sifati yoki 
boshlang’ich holatini o’zgartiradi.
 

Yüklə 305,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin