Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari


Axborotlar turlari bo’yicha tasniflanadi



Yüklə 305,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix23.06.2022
ölçüsü305,54 Kb.
#117185
1   2   3   4   5   6   7   8
1-maruza. “Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” faniga kirish (01)

Axborotlar turlari bo’yicha tasniflanadi.
Ilmiy axborot 
bu tabiat, jamiyat va tafakkurning ob’yektiv qonunlarini eng to’liq aks 
ettiruvchi axborotdir. U olinish yoki foydalanish sohasi bo’yicha siyosiy, iqtisodiy, texnik, biologik, 
fizik, belgilanishi bo’yicha ommaviy va maxsusga bo’linadi. 
Tashkiliy boshqaruv tizimlarida kishilarni boshqarish bilan bog’liq iqtisodiy axborot va texnik 
ob’yektlarni boshqarish bilan bog’liq texnik axborotlar farqlanadi. 
Iqtisodiy axborot 
moddiy boyliklar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish, 
avtomatlashtirilgan iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi. Iqtisodiy axborot ko’proq ijtimoiy 
ishlab chiqarish bilan bog’liqligi sababli, u ko’pincha ishlab chiqarish axboroti deb ataladi. 
Iqtisodiy axborot natijaviy axborotning ko’pgina turlarini olish uchun katta hajmi, ko’p 
martalab foydalanilishi, mantiqiy operatsiyalarning katta soni va nisbatan murakkab bo’lmagan 
matematik hisob-kitoblar bilan ta’riflanadi. 
Bozor munosabatlari 
sharoitlarida axborotlar va axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalariga o’sib borayotgan talab shunga olib keladiki, axborotlarni ishlab chiqishning 
zamonaviy texnologiyasi texnik vositalar va, eng avvalo, SHK, kommunikatsiya vositalarining juda 
xilma-xil turlarini qo’llashga mo’ljallangan. Ular asosida nafaqat axborotlarni jamlash, saqlash, 
qayta ishlash, balki terminal qurilmalarni mutaxassis yoki qaror qabul qiluvchi rahbarning ish 
joyiga judayam yaqinlashtirish maqsadida turli konfiguratsiyalardagi hisoblash tizimlari va 
tarmoqlari tashkil qilinadi. Bu AATex ko’p yillik rivojlanish yutug’idir. 
1950 ‒ yillarning oxirida eHMning paydo bo’lishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarining 
jadallik bilan takomillaShuvi boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish, axborot mahsulot va 
xizmatlar bozorini shakllantirish uchun haqiqiy shart-sharoitlarni yaratdi. AATex rivojlanishi 
axborotlar ishlab chiqish va uzatish texnik vositalari Yangi turlarining paydo bo’lishi, eHM va SHK 
foydalanishning tashkiliy shakllarini takomilla-shishi, infratuzilmani kommunikatsiyalar Yangi 
vositalari bilan to’ldirilishi bilan parallel ravishda bordi. 
 

Yüklə 305,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin