Zardushtiylik. Miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi yarimida Markaziy Osiyoda zardushtiylik dini keng tarqaldi. Zardushtiylik o`shanda olov (quyosh)ga, er, suv, oy, yulduzlarga sig`inganlar va ularni muqaddas deb bilganlar


Zardushtiylik ayollarning erkaklar bilan



Yüklə 2,65 Mb.
səhifə2/2
tarix03.12.2023
ölçüsü2,65 Mb.
#138024
1   2
Oʻrta Osiyoda Zardushtiylik dinining tarqalishi

Zardushtiylik ayollarning erkaklar bilan
teng huquqligini mustahkamlagan.
Zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar juda ko'p diniy marosimlarni bajarishgan. Diniy marosimlarga esa kohinlar rahbarlik qilgan. Marosimlarning ko'pligi kohinlarning moddiy jihatdan muhtojlikni bilmay yashashlariga imkon bergan. Kohinlarning jamiyatdagi mavqei juda baland bo'lib, ular alohida tabaqani tashkil etgan. Shuning uchun kohinlik otadan farzandga meros bo'lib o'tgan.
Kohin o'z farzandini yoshligidan bo'lg'usi kasbga tayyorlab borsa-da, nomzod uzoq vaqt o'qitilgan
va bir necha bosqichdagi sinovlar hamda poklanish marosimlaridan o'tkazilgan. Faqat ko'p bosqichli sinovlardan muvaffaqiyat bilan o'tgan kasbga da'vogarlargina kohinlik martabasiga muyassar bo'lgan.
Zardushtiylik dini Sharq, xususan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining yuksak tafakkuri maxsuli bo’lib, u faqat diniy aqidalar va ahloq meyorlari majmui bo’libgina qolmay, balki real hayot, ilmga asoslangan dunyoqarash, ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’z ichiga oluvchi keng qamrovli murakkab bir talimotdir.
Zardushtiylikning ajdodlarimiz dunyoqarash tizimi sifatida o’ziga xos olamning yaralishi haqidagi kontseptsiyasi bo’lgan. Bunga ko’ra, olam ikki turga bo’linadi: ilohiy va moddiy olam.
Bizning taqvim bo’yicha odamning vujudga kelishi navro’z arfasiga to’g’ri keladi. Navro’z arafsida tabiat va odamlar harakatga keladi, olam va odamning harakati uyg’unlashadi, hayotda yangi kun – navro’z boshlanadi. Shu kuni birinchi bor olov kashf qilingan va otashgohda olov yoqilgan.
Diniy e'tiqoddagi xilma-xillik hukmdorlarning muayyan dinni tanlashdagi erkinliklarida ham kuzatilgan. Makedoniyalik Iskandar va uning vorislari mintaqamizda Olimpiya xudolariga sig'inishni qo'llagan bo'lsalar, Kushon davlati hukmdorlari buddaviylikni qabul qilib, uni mamlakat hududida keng yoyishga harakat qilganlar.
Sosoniylar davlati hukmdorlari zardushtiylikni har taraflama qo'llab quvvatlaganlar. Butun mamlakat hududida ko'plab olov uylari qurilgan. Milodiy VIII asrning boshlarida Markaziy Osiyoning bir qismini bosib olgan Arab xalifaligi davlati islomlashtirish siyosatini olib borgan. Islomdan tashqari barcha diniy e'tiqodlar taqiqlangan.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, A. O’rta Osiyoda, xususan, Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geofafik ma’lumotlar ham buni tasdiklaydi. Mas., xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sug‘d), Marg‘iyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yoxud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi bo‘lgan. A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qad. qismlari mil. av. 2-ming yillik oxiri - 1-ming yillik boshiga oid bo‘lib, og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Keyingi asrlarda A. tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h.k. qo‘shilib borgan.
Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa, 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolda saqlangan. Axomaniylar sulolasininng poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51-78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar shohi Xusrav I (531-579) davrida yaxlit kitob holiga keltirilgan. 9-a.da yozilgan "Denkart" asari A.ning 21 nask (qism)dan iborat ekanligi haqida ma’lumot beradi. A. hajmi katta kitob bo‘lgani sababli, dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli - "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-a.), zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga ko‘chib o‘tgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay sh.da o‘z jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Frantsuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini o‘rganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat bo‘lib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi b-n yuritiladigan kitoblarni o‘z ichiga oladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, zardushtiylik nafaqat jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirishga, balki Sharq davlatlarida axloqiy qadriyatlarni keng yoyishga xizmat qilgan. Odamlarning ma'naviy qadriyatlarga amal qilib yashashlari, jannat va do'zax, qiyomat, odamning qayta tirilishi va ilohiy davlatning yaratilishi singari g'oyalari keyinchalik xristianlik va islom dini ta'limotlarining ishlab chiqilishida muhim manba vazifasini o'tagan.
Yüklə 2,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin