Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Yüklə 68,44 Kb.
səhifə1/5
tarix02.12.2023
ölçüsü68,44 Kb.
#137280
  1   2   3   4   5
5-kazus Polapon 234


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

Jinoiy-odil sudlov fakulteti


D potok 2-guruhi talabasi
Ikromova Kamolaxon Aliakbar qizining
MULK HUQUQI
fanidan 2023-2024-o‘quv yilining 1-semestri uchun
ORALIQ NAZORAT ISHI

Tekshirdi: Imomov Nurillo Fayzullayevich


Toshkent – 2023 yil.

5-masala


Yangidan tashkil topgan aksionerlik jamiyati (AJ) asosan to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarardi. AJ aksiyalarining bir qismini xorijiy investorlar sotib olgan edi. Buning evaziga investorlar Vatanimizning bir bo`lagi haqida hikoya qiluvchi suratli, rangli, yuksak sifatli 20. 000 nusxada albom hadya etishdi. Albom yuksak darajada,eng so`nggi dizaynerlik yutuqlari asosida ishlangan. Hajmi 22 bosma taboqdan iborat. O`zaro kelishuvga ko`ra, har birining bahosi 30 AQSh dollari miqdorida baholandi. Albomlar keltirildi.
Biroq, mahalliy hokimiyatning maxsus farmoyishiga asosan, shuningdek, ularni sotishdan tushgan mablag`lar mahalliy byudjetdan tashqari tuzilgan fondlarga o`tkazilishi lozimligi bildirildi. Chunki, O`zbekistonning tarixiy- madaniy boyliklariga nisbatan mutlaq huquqlar davlatga tegishli va u davlat hokimiyati organlarini tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli tarixiy-madaniy boyliklarni sur’atga olib, ulardan tijorat maqsadida foydalanish huquqiga ham aynan davlat hokimiyati organlari, xususan, mahalliy hokimliklar haqli ekanligi, shu jumladan tabiat manzarlari xususidagi manzarali albomlarni chop etish ham hokimlikka tegishli huquq ekanligi, hokimlik yuristi tomonidan qonunchilik hujjatlaridan asoslar keltirib, AJ ga xat yuborildi.
Ayni paytda AJ albomlarni sotishdan tushgan mablag`ni bankdan olingan kreditlarni qoplashga sarflamoqchi ekanligi, hokimlik yuristi tomonidan yuborilgan xatda keltirilgan asoslarga qo`shila olmasligini, chunki, bu holatda AJ va uning hamkori bevosita tarixiy-madaniy boyliklarning o`zidan emas, balki ularning fotosur’atlaridan tijorat maqsadida foydalanganligini, bu esa qonunchilikka zid emasligini hamda davlatning mulk huquqi buzilmaganligini bildirdi.
Tarixiy-madaniy boyliklarga nisbatan mulk huquqining rejimi va ulardan tijorat xatida hokimlik yuristi tarixiy-madaniy boyliklarga nisabatan mulk huquqi
bog`liq aynan qaysi qonun hujjatlarining qaysi normalarini keltirishi mumkinligini aniqlang?
Amaldagi qonun hujjatlaridan aniq normalarini keltirish asosida masalani hal qiling?
JAVOB:
Yuqoridagi kazusni kengroq va chuqurroq tahlil qilish maqsadida o’z olidimizga quyidagi rejalarni quyib oldik:
1. Tarixiy-madaniy boyliklarga nisbatan mulk huquqining rejimi qanday?
2. Tarixiy-madaniy boyliklardan tijorat maqsadida foydalanishning huquqiy hamda ilmiy-nazariy asoslarining tahlili.

  1. Hokimlik yuristi tarixiy-madaniy boyliklarga nisabatan bog`liq bo’lgan mulk huquqi aynan qaysi qonun hujjatlarining qaysi normalarini keltirishi mumkin?




Yüklə 68,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin