O`ZBEK TILI FONODOGIYASI NUTQ TOVUSHLARINING UCH
TOMONI
Nutq faoliyati tovush yoki tovushlar sistemasi orqali ro`yobga chiqadi. Nutq
tovushlari o`zida uch aspektni birlashtirgan murakkab hodisadir: birinchidan, u
talaffuz organlari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasining faoliyatidir.
SHuning uchun ham uni inson organizmidan tashqari o`rganish mumkin emas. Nutq
tovushlarining bu tomoni uni fiziologik (yoki biologik) aspekti hisoblanadi.
Ikkinchidan, nutqiy faoliyat bo`lganligidan, u tabiatdagi har qanday tovush kabi
akustik (yoki fizik) xossaga ega. Uning bu tomoni akustik (yoki fizik) aspekt
sanaladi. Uchinchidan nutq tovushlarining bosh vazifasi kommunikatsiya vositasi
bo`lib xizmat qilishdir.
Bu eng muhim tomon funktsional aspektni (sotsial yoki lingvistik aspekt ham
deyiladi) tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |