Praga tilshunoslik maktabida fonema nazariyasi
Jahon tilshunosligi oldida Praga tilshunoslik to`garagining katta xizmati
shundaki, fonologiyani ilmiy-predmet sifatida shakllantirdi. Praga tilshunoslik
to`garaginipg fonologik kontseptsiyasi N.S.Trubetskoyning "Fonologiya asoslari"
kitobida mujassamlagan. N.S.Trubetskoy kontseptsiyasi bo`yicha fonologik sistema
leksik va grammatik ma`nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik
oppozitsiyalar (PFM bo`yicha fonologik qarama-qarshiliklar) majmuasi sifatida talqin
qilinadi. U fonologiyada asosiy rolni fonemalar emas, balki ularning ma`no farqlash
funktsiyasi o`ynashini ta`kidlaydi.
Har qanday fonema fonologik oppozitsiya sistemasi ma`lum tarkibga yoki
strukturaga ega bo`lganligi uchun ham fonologik mazmunga ega bo`ladi. Fonema
abstrakt birlik sifatida qaraladi. Konkret tovushlar fonemaning moddiy simvollari
hisoblanadi. Fonema moddiy jihatdan bir qancha tovushlar orqali reallashishi
mumkin. Bunday reallashgan xar xil tovushlar shu fonemaning variantlari sanaladi.
Praga tilshunoslari variantlarni tasniflab, ularni majburiy, fakul’tativ va
individual variantlarga bo`ladilar. Majburiy variantlar, o`z navbatida pozitsion,
kombinator va uslubiy variantlarga ajratiladi.
Fonemaning urg`uga, so`z xarakteriga, nutq melodikasiga xoslangan variantlari
46
pozitsion; nutq oqimida yondosh fonemalar ta`siridagi variantlar kombinator; talaffuz
uslubi bilan xoslangan variantlari uslubiy variantlar sanaladi (To`liq uslub, og`zaki
uslub va boshqalar). Bir pozitsiyaning o`zida so`z ma`nosini o`zgartirmagan holda
o`zaro almashinib kelgan variantlar fakul’tativ variantlardir. Fakul’tativ variantlar
ko`pincha dialektal farqlanishlar natijasida vujudga keladi. Masalan, boring-barin.
Ayrim kishilarning nutq xususiyati bilan bog`liq variantlar individual variant
hisoblanadi.
N.S.Trubetskoy fonologik oppozitsiyalarni uch asosga ko`ra tasnif qiladi:
1. Oppozitsiya sistemasi munosabatiga ko`ra;
2. Oppozitsiya a`zolari o`rtasidagi munosabatta ko`ra;
3. Turli pozitsiyalarda ularning amal qilishiga ko`ra.
Birinchi belgiga ko`ra bir o`lchovli, ko`p o`lchovli, proportsional va ajralgan
oppozitsiyaga bo`linadi.
Ikkinchi belgiga ko`ra, privativ (oppozitsiya a`zolaridan biri belgining bor
yo`qligi bilan ikkinchisidan farq qiladigan oppozitsiya), gradual (nutq apparatining
ochilishi darajasiga asoslangan oppozitsiya, masalan: kir-kar), teng qimmatli
(mantiqan har ikki a`zo teng huquqli bo`lgan oppozitsiya) oppozitsiyalarga ajratiladi.
Uchinchi belgiga ko`ra esa doimiy va neytrallashgan oppozitsiyalarga
bo`linadi.
Neytrallashish jarayonida oppozitsiyaga kirishayotgan fonemalar o`rtasida
fonologik qimmatga ega bo`lgan belgi yo`qoladi. Lekin umumiy belgilari saqlanib
qoladi. Masalan, o`zbek tilida yot-yod oppozitsiyasida so`z oxirida t-d o`rtasidagi
jarangli-jarangsizlik belgisi yo`qoladi, boshqa umumiy belgilari (til oldi, portlovchi)
saqlanib qoladi.
N.S.Trubetskoyning fonologik oppozitsiyalar tasnifi amaliy ahamiyatga ega,
chunki u ma`lum bir fonemaning fonetik qimmatini belgilashda yordam beradi.
Xullas, barcha fonologik kontseptsiyalarda fonema lingvistik birlik sifatida tan
olinadi. Bunday kontseptsiyalarning tayanch nuqtasi Boduen de Kurtenening
fonologik nazariyasi hisoblanadi. RFM fonemani so`z va morfemadan ajralgan
abstrakt birlik sifatida talqin etsa, MFM unga so`z va morfemalarning tarkibiy
47
elementi sifatida yondashadi.
Praga lingvistik to`garagi fonemani abstrakt birlik sifatida talqin etishda PFM
ga yakin tursa, pozitsion, kombinator variantlar, variantlar neytralizatsiyasi kabi
masalalarda MFM ga yaqin turadi.
Farqlovchi belgilar bilan fonemaning atom talqini chambarchas bog`liqdir.
Fonemaning atom talqiniga ko`ra farqlovchi belgilar ma`lum darajada mustaqillikka
ega bo`lib, fonema shu farqlovchi belgilar majmuasidir. L. R. Zinder fikricha, bunday
talqin farqlovchi belgilarni birlamchi fonologik birlik sifatida tan olishga imkon
beradi. Fonema bunday munosabatlar majmuasi sifatida qarash uni material
substantsiyadan ajratib qo`yadi. Bu esa ob`ektiv dunyodagi predmetlarning real
mavjudligini inkor qiluvchi va L. El’mslevning lingvistik nazariyasiga asos bo`lgan
logik pozitivizmning ta`siridir.
Lekin, bizning nazarimizda, tal va nutq farqlanishiga fonemaning bu talqini
moxiyat va hodisani aks ettiradi va dialektika qonuniyatlariga to`la muvofiq keladi.
Dostları ilə paylaş: |