Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси


Morfologiyaning o`rganish ob`ekti



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/46
tarix13.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#115277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ôàíëàð Àêàäåìèÿñè

Morfologiyaning o`rganish ob`ekti 

Morfologiyaning  o`rganish  ob`ekti  masalasida  N.  S.  Trubetskoydan  keyin 

xilma-xil  fikrlar  yuritildi.  N.  S.  Trubetskoy  tavsiya  qilgan  uch  bo`limning  faqat 

oxirgisi  -  an`anaviy  almashinuvlargina  morfologiyaning  o`rganish  ob`ekti  bo`lishi 

mumkinligini  ko`rsatadi.  "Russkaya  grammatika"  (1980)da  ham  xuddi  shunday 

pozitsiya ko`zga tashlanadi.  

SB.Bedshteyn  avvalo  fonetik  o`zgarishlar  (foneticheskie  izmeneniya)  va 

fonetik  almashinuvlar  (foneticheskie  cheredovaniya)ga  ajratgani  holda  birinchisi 

(vada-vodno`y)  so`zlarida  bir  morfema  ikki  xil  ifodalangan:  vad-vod,  faqat  fonetik 

pozitsiya  bilan  bog`liq  bo`lib,  fonetik  harakter  kasb  etadi.  Ikkinchisida  esa  (gnat’-

gonyat’,  nesti-nosit’,  lezt’-lazit’)  o`zak  morfemalar  variantlari  o`zaro  boshqacha 

munosabatdadir. Bu o`rinda variantlar fonetik pozitsiya bilan emas, balki grammatik 

(leksik, gramatik), so`z yasalishi, leksik va boshqa shart-sharoitlar bilan izohlanadi. 

O`z  navbatida  almashinuvlarni  ham  turlarga  bo`lish  lozimligini  ta`kidlaydi. 

Uning  fikricha,  fonemalar  ham,  morfemalar  variantlari  (allomorflar)  ham 

almashinishi mumkin. Almashinuvda ma`lum grammatik pozitsiyada morfema ustiga 

qo`yiladigan urg`u, intonatsiya va boshqalar ham belgilovchi faktor bo`lishi mumkin. 

YUqorida  ko`rsatilgan  almashinuvlardan  faqat  birinchisi  morfonologik  almashinuv 

bo`lib,  u  morfolgiyaning  o`rganish  ob`ekti  bo`lishi  kerakligini  ko`rsatadi.  Ikkinchi 

tipdagi almashinuvda allomorflar almashinuvi yuzaga chiqishi va uning so`z yasalishi 

bo`limiga oidligi, uchinchisi esa super-segment almashinuv ekanligi aytiladi. 

O.S.Axmanova  morfologiyaning  o`rganish  ob`ektini  ancha  kengaytiradi.  U 

morfologiyani  turli  fonemalarning  morfonologik  elementlarini  hosil  qilish  uchun 



 

59 


qo`llanish printsipini o`rgaiuvchi fan sifatida talqin qiladi. 

V.A.Red’kin  morfonologiya  doirasini  yanada  kengaytirdi.  Uning  fikricha, 

morfonologiya  bu  so`z  strukturasi  va  fonema,  prosodema  terminlari  bilan 

nomlanadigan,  uni  tashkil  atuvchi  komponentlar  haqidagi  ta`limotdir.  U 

morfonologik  fositalarga  urg`u,  so`z  komponentlarining  joylashish  tartibi  va 

qo`shilish  qoidalari,  ularning  variatsiya  (almashinuv)  qoidalari  interfiktsasiya  va 

boshqa ayrim so`zning tovush elementlarini kiritadi. 

E.A.  Makaev  va  E.S.  Kubryakovachar  morfonologiya-bu  morfemalarning 

fonologik strukturasi haqidagi ta`limot, deb hisoblaydilar. Morfologiyaning bevosita 

o`rganish ob`ekti morfonologik qatorlar bo`lishi kerakligini ta`kidlaydilar. 

E.S.  Kubryakova  yana  boshqa  bir  asarida  morfema  qurilishidagi  va  bir 

morfemaning  morflari  sostavidagi  fonologik  farqlanish  hamda  bu  farqlanishlarning 

funktsional  maqsadda  qo`llanilishi  morfonologiyaning  o`rganish  ob`ektiga  kirishini 

aytadi. 


V.G.  CHurganovaning  fikricha,  morfonologiya  morfema  va  so`z  tarkibidagi 

fonemalarning  tashkil  topishi  haqidagi  ta`limotdir.  U  morfonologiyaning  quyidagi 

muammolar bo`yicha baxs yuritishi lozimligini ko`rsatadi. 

Etakchi  va  ko`makchi  morfemalarning  shakllanishida  xizmat  qiladigan 

fonemalarning tartibi va sostavi. 

Morfem  birliklarining  so`z  ichida  birlashish  jarayonida  fonemalar  tartibi  va 

sostavining o`zgaruvchi (modifikatsiyasi). 

Bundan  modifikatsiyalarning  doimiy  va  ularning  so`z  yasalishi  va  so`z 

o`zgarishi sistemasidagi o`rni. 

Tarkibidagi  fonemalar  sostavi  va  tarkibiga  bog`liq  ravishda  morfologik 

elementlarning tanlanish qonuniyati. 

G`arb  tilshunosligidagi  morfonologiyaga  bunday  xilma-xpl  qarashlar 

turkologiyada  ham  aks  etmoqda.  Xususan,  "Sravnitel’no-istoricheskaya  grammatika 

tyurkskix  yazo`kov",  "Fonetika"  kitobining  fonomorfologiya  bo`limi  E.  S. 

Kubryakova  kontsepsiyasiga  asoslangan.  Boshqird  tili  gramatikasida    esa 

agglyutinatsiya va reduplikatsiya jarayonida yasalish asoslari o`rtasida yuz beradigan 




 

60 


fonetik o`zgarishlar morfonologaya predmeti hisoblanadi. 

M.Z.  Zakiev  ham  morfonologiyani  morfemalarning  fonologik  strukturasini 

o`rganuvchi  ta’limot  sifatida  tushunadi.  SHu  bilan  birga,  turkiy  tillar 

morfonologiyasiga  bag`ishlangan  ishlarda  turkiy  tillar  uchun  harakterli  bo`lgan 

singarmonizm hodisasi ham morfonologiyaga kiritiladi. 

A.A. Reformatskiy esa, birinchi bo`lib turkiy tillar morfonologiyasi haqida fikr 

yuritib, qozoq va qirg`iz tillaridagi singarmonizm hodisasini tadqiq qilar ekan, turkiy 

tillardagi unlilarning singarmistik variantlari gramatik fakt darajasiga ko`tarilmasligi, 

shuning  uchun  ham  u  morfonologiya  doirasida  emas,  balki  faqat  fonetika  doirasida 

o`rganilishi  lozimligini  ta`kidlagan  edi.  Lekin  turkiy  tillardagi  morfemalar 

variatsiyalari ko`p hollarda bevosita singarmonizm hodisasi bilan bog`liq bo`lganliga 

tufayli,  singarmonizm  hodisasini  ham  morfonologiya  doirasida  o`rganish  foydadan 

holi bo`lmaydi. 


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin