Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/46
tarix13.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#115277
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
¡çáåêèñòîí Ðåñïóáëèêàñè Ôàíëàð Àêàäåìèÿñè

Fonologiya birligi 

Fonologaya  birligi  fonemalardir.  Fonema  -  so`z  va  morfemalarni 

shakllantiradigan  va  ularning  ma`nolarini  farqlash  uchun  xizmat  etuvchi,  boshqa 

mayda bo`lakka bo`linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi. Fonemalar haqidagi 

ta`limot fonologiyadir. Fonologiya ma`lum bir tildagi fonemalar sistemasini, ularning 

farqli belgilarini o`rganadi. Fonema termini xozirgi tilshunosliqda qat`iy o`rin olgan 

bo`lsa ham, ammo uning maqomi masalasida xilma-xil qarashlar bor. Fonema tilning 

eng  kichik  tovush  birligi  ekanliga  haqidagi  dastlabki  ma`lumot  I.A.Boduen  de 

Kurtenega  mansubdir.  Lekin  bungacha  sharq  tilshunosligida  garchi  fonema  termini 

bilan  nomlamagan  bo`lsa  ham,  ma`no  farqlash  uchun  xizmat  qadigan  eng  kichik 

tovush  tipi  haqidagi  tushuncha  mavjud  edi.  Hind  tilshunoslari,  turkiyshunoslar  bu 

tushunchaga  alohida  ahamiyat  berganlar.  Xususan,  Mahmud  Qoshg`ariy,  Alisher 

Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar tovushning ma`no farqlash tomoniga katta 

ahamiyat  berganlar.  Fonema  termini  tilshunoslikka  eve,  Boduenlar  tomonidan 

kiritilgan. Boduen 1870 yildagi “XIX asrgacha bo`lgan qadimga polyak tili haqida” 



 

40 


nomli  magistrlik  dissertatsiyasida  fonema  haqida  fikr  yuritadi  va  uni  etimologik  - 

morfologik  birlik  sifatida  talqin  etadi.  Boduen  de  Kurtenening  fonema  haqidagi  bu 

kontseptsiyasi ayni holda uning shogirdi N. V. Krushevskiy tomonidan rivojlantirildi 

I.A.Boduen  de  Kurtenening  fonema  haqidagi  tushunchasi  o`zgarib  bordi.  Xususan, 

"Slavyan  tillari  qiyosiy  grammatikasining  ayrim  bo`limlari"  (1981  y)  asarida 

fonemani,  bir  tomondan  "so`zning  fonetik  bo`linmas  qismi"  hisoblasa,  ikkinchi 

tomondan,  morfemalar  tarkibidagi  tovush  o`zgarish  qonuniyatlarini  hisobga  olgan 

holda,  boshqa  mayda  bo`lakka  bo`linmaydigan  tovushlargina  emas,  balki  morfema 

yoki so`zning tarkibida bo`lakka ajralmaydigan bir butun holdagi ikki va undan ortiq 

tovushlar  ham  fonema  bo`lishi  mumkinligani  ko`rsatadi.  Masalan,  vrahat’,  vorotit’ 

so`zlaridagi  "ra"  va  "oro"  tovushlari  bir  morfema  doirasida  bir  butun  holda 

almashinadi. Bu bilan u fonemaga fonetik birlik sifatida emas, balki etimologik birlik 

sifatida  qarashini  namoyish  etdi.  SHu  bilan  birga  «xuddi  shu  erning  o`zida 

fonemaning  quyidagi  ikki  farqli  tomoni  borligani  ham  ko`rsatadi:  1)antropofonik 

(ya`ni  akustik-artikulyatsion)  xususiyatlarning  oddiy  umumlashmasi,  morfemaning 

xarakatlanuvchi  komponenti  va  ma`lum  morfologik  kategoriya  belgisi.  SHunday 

qilib,  Boduen  de  Kurtene  fonemaning  morfologik  aspektdan  farq  qiladigan 

antropofonetik aspekti ham borligini e`tirof etdi. Keyinchalik esa u o`zining fonema 

haqidagi  tushunchasini  o`zgartirdi  va  unga  psixologik  nuqtai  nazardan  yondashdi. 

Xususan, "Tilshunoslikka kirish" (1917) asarida "Inson psixikasidagi tovush haqidagi 

tasavvur" fonema hisoblanadi. 

Hozirgi kunda uchta yirik fonologik maktab mavjud. Har uch maktab vakillari 

Boduen de Kurtene fonologik qarashlarini rivojlantirmoqda. 

 


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin