Morfologiyaning o`rganish ob`ekti
Morfologiyaning o`rganish ob`ekti masalasida N. S. Trubetskoydan keyin
xilma-xil fikrlar yuritildi. N. S. Trubetskoy tavsiya qilgan uch bo`limning faqat
oxirgisi - an`anaviy almashinuvlargina morfologiyaning o`rganish ob`ekti bo`lishi
mumkinligini ko`rsatadi. "Russkaya grammatika" (1980)da ham xuddi shunday
pozitsiya ko`zga tashlanadi.
SB.Bedshteyn avvalo fonetik o`zgarishlar (foneticheskie izmeneniya) va
fonetik almashinuvlar (foneticheskie cheredovaniya)ga ajratgani holda birinchisi
(vada-vodno`y) so`zlarida bir morfema ikki xil ifodalangan: vad-vod, faqat fonetik
pozitsiya bilan bog`liq bo`lib, fonetik harakter kasb etadi. Ikkinchisida esa (gnat’-
gonyat’, nesti-nosit’, lezt’-lazit’) o`zak morfemalar variantlari o`zaro boshqacha
munosabatdadir. Bu o`rinda variantlar fonetik pozitsiya bilan emas, balki grammatik
(leksik, gramatik), so`z yasalishi, leksik va boshqa shart-sharoitlar bilan izohlanadi.
O`z navbatida almashinuvlarni ham turlarga bo`lish lozimligini ta`kidlaydi.
Uning fikricha, fonemalar ham, morfemalar variantlari (allomorflar) ham
almashinishi mumkin. Almashinuvda ma`lum grammatik pozitsiyada morfema ustiga
qo`yiladigan urg`u, intonatsiya va boshqalar ham belgilovchi faktor bo`lishi mumkin.
YUqorida ko`rsatilgan almashinuvlardan faqat birinchisi morfonologik almashinuv
bo`lib, u morfolgiyaning o`rganish ob`ekti bo`lishi kerakligini ko`rsatadi. Ikkinchi
tipdagi almashinuvda allomorflar almashinuvi yuzaga chiqishi va uning so`z yasalishi
bo`limiga oidligi, uchinchisi esa super-segment almashinuv ekanligi aytiladi.
O.S.Axmanova morfologiyaning o`rganish ob`ektini ancha kengaytiradi. U
morfologiyani turli fonemalarning morfonologik elementlarini hosil qilish uchun
59
qo`llanish printsipini o`rgaiuvchi fan sifatida talqin qiladi.
V.A.Red’kin morfonologiya doirasini yanada kengaytirdi. Uning fikricha,
morfonologiya bu so`z strukturasi va fonema, prosodema terminlari bilan
nomlanadigan, uni tashkil atuvchi komponentlar haqidagi ta`limotdir. U
morfonologik fositalarga urg`u, so`z komponentlarining joylashish tartibi va
qo`shilish qoidalari, ularning variatsiya (almashinuv) qoidalari interfiktsasiya va
boshqa ayrim so`zning tovush elementlarini kiritadi.
E.A. Makaev va E.S. Kubryakovachar morfonologiya-bu morfemalarning
fonologik strukturasi haqidagi ta`limot, deb hisoblaydilar. Morfologiyaning bevosita
o`rganish ob`ekti morfonologik qatorlar bo`lishi kerakligini ta`kidlaydilar.
E.S. Kubryakova yana boshqa bir asarida morfema qurilishidagi va bir
morfemaning morflari sostavidagi fonologik farqlanish hamda bu farqlanishlarning
funktsional maqsadda qo`llanilishi morfonologiyaning o`rganish ob`ektiga kirishini
aytadi.
V.G. CHurganovaning fikricha, morfonologiya morfema va so`z tarkibidagi
fonemalarning tashkil topishi haqidagi ta`limotdir. U morfonologiyaning quyidagi
muammolar bo`yicha baxs yuritishi lozimligini ko`rsatadi.
Etakchi va ko`makchi morfemalarning shakllanishida xizmat qiladigan
fonemalarning tartibi va sostavi.
Morfem birliklarining so`z ichida birlashish jarayonida fonemalar tartibi va
sostavining o`zgaruvchi (modifikatsiyasi).
Bundan modifikatsiyalarning doimiy va ularning so`z yasalishi va so`z
o`zgarishi sistemasidagi o`rni.
Tarkibidagi fonemalar sostavi va tarkibiga bog`liq ravishda morfologik
elementlarning tanlanish qonuniyati.
G`arb tilshunosligidagi morfonologiyaga bunday xilma-xpl qarashlar
turkologiyada ham aks etmoqda. Xususan, "Sravnitel’no-istoricheskaya grammatika
tyurkskix yazo`kov", "Fonetika" kitobining fonomorfologiya bo`limi E. S.
Kubryakova kontsepsiyasiga asoslangan. Boshqird tili gramatikasida esa
agglyutinatsiya va reduplikatsiya jarayonida yasalish asoslari o`rtasida yuz beradigan
60
fonetik o`zgarishlar morfonologaya predmeti hisoblanadi.
M.Z. Zakiev ham morfonologiyani morfemalarning fonologik strukturasini
o`rganuvchi ta’limot sifatida tushunadi. SHu bilan birga, turkiy tillar
morfonologiyasiga bag`ishlangan ishlarda turkiy tillar uchun harakterli bo`lgan
singarmonizm hodisasi ham morfonologiyaga kiritiladi.
A.A. Reformatskiy esa, birinchi bo`lib turkiy tillar morfonologiyasi haqida fikr
yuritib, qozoq va qirg`iz tillaridagi singarmonizm hodisasini tadqiq qilar ekan, turkiy
tillardagi unlilarning singarmistik variantlari gramatik fakt darajasiga ko`tarilmasligi,
shuning uchun ham u morfonologiya doirasida emas, balki faqat fonetika doirasida
o`rganilishi lozimligini ta`kidlagan edi. Lekin turkiy tillardagi morfemalar
variatsiyalari ko`p hollarda bevosita singarmonizm hodisasi bilan bog`liq bo`lganliga
tufayli, singarmonizm hodisasini ham morfonologiya doirasida o`rganish foydadan
holi bo`lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |