Affiks morfemalar tuzilishi
O`zbek tili affiks morfemalarining fonetik (fonologik) strukturasi ham o`zak
morfemalar strukturasi kabi quyidagi tiplarga ega: undoshQunliQundosh (-qiz-yotqiz-
, qar-boshqar), (unli)Q undosh (m-bolam, im-otim), undoshQunli (qi-chopqi, gi-
kuzgi), unli (-a-yash-a, i-boy-i). Bulardan unli-undosh ya`ni G(S) tipi o`zak morfema
auslautidagi fonema xarakteriga (unli yoki undosh ekanligiga) ko`ra ikki variantli
ya`ni bir morfemaning ikki allomorfi holida reallashdi: unli bilan tugagan o`zak
morfemaga S, undosh bilan tugagan o`zak morfemaga GS varianti qo`shiladi.
Affiks morfemalarni shakllantiruvchi unli fonemalar cheklangan. Bunday
morfemalar tarkibidagi faqat i, u, a, o fonemalarigina ishtirok etadi. e, o` fonemalari
esa affiksal morfemalar tarkibida ishlatilmaydi. SHu bilan birga affiks morfemalar
fonetik strukturasi sifat jihatidan etakchi morfemaning fonetik strukturasiga bog`liq
bo`ladi (bu haqda singarmonizm bahsida alohida ma`lumot beriladi).
Dostları ilə paylaş: |