So`z yoki morfema tarkibidagi morfonologiya jarayoni ko`p hollarda bo`g`in
strukturasi bilan bog`liq bo`ladi. Bo`g`in so`zning fonetik bo`lagi sifatida barcha
tillarga xos bo`lgan universaliyadan biridir. SHu bilan birga har qaysi tilda bo`g`in
strukturasining boshqa tillardan farq qiladigan o`ziga xos xususiyatlari ham mavjud.
Turkiy tillarda ibora, gap, so`z birikmalari va ayrim so`zlar strukturasi
bo`g`iniing ekspirator xususiyatga ega ekanligini va shu orqali boshqa tillar
umumiilik kasb etishini ko`rsatadi. Bo`g`in nutqning artikulyatsion-akustik
segmentlari bo`g`in hosil qiladigan havo oqimining muskul kuchlanishi bo`linishi
bilan bog`liq. SHu bilan birga, bo`g`inlarning allofonlari tarkibida turkiy tillarning
69
yoki bir necha allofonlardan tashkil topadi. Bo`g`in va fonema so`z tovush
strukturasining asosiy birliklaridir. Fonema minimal birlik sifatida ma`lum fonetik
pozitsiya va qurshovga muvofiq holda allofon sifatida reallashadi. SHunday qilib,
bo`g`in, so`z tovush strukturasining asosiy birliklaridan biri bo`lib uning tarkibida
ham unli, ham undosh fonemalarning allofonlari shakllanadi, Demak, har bir so`z
ma`lum pauza bilan ajralgan bo`g`inlarga, bo`g`in esa fonema allofonlariga bo`linadi.
Turkiy tillarda bo`g`in hosil qiluvchi element unli tovushlar hisoblanadi.
SHuiing uchun ham bo`g`in miqdori so`z tarkibidagi unlilar miqdori bilan
belgilanadi.
Turkiy so`zlar bo`g`in strukturasi ham xuddi qzak morfema strukturasi kabi
quyidagi to`rt tipdan iborat: G, SG, GS va SGS. Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining
keyingi etapida ichki taraqqiyot va tashqi ta`sir natijasida bo`g`in strukturasi yana
ikki tip - GSS, SGSS tipi bilan boyidi. Natijada turkiy so`zlar bo`g`in strukturasining
olti modeli vujudga keldi. Bulardan G, SG- ochiq bo`g`inlar modeli, qolganlari esa
yopiq bo`g`inlar modelidir.
Ko`rinib turibdiki, turkiy tillarda bo`g`in strukturasi turkiy o`zak morfema
fonetik strukturasi bilan bir xillikka ega (o`zbek tilining taraqqiyot bosqichiga oid
baynalmilal so`zlarning SSGS (spravka) tipidagi birinchi bo`g`in modellari bunga
kirmaydi. Faqat ikkinchi va undai keyingi bo`g`inlar fonetik strukturasi uni tashkil
etgan allofonlarning sifati jihatidan farq qiladi. SHu tufayli morfema va
bo`g`inlarning yuqoridagi olti modeli va uni tashkil etgan allofonlar xususiyatlari
haqida so`z strukturasi bo`limiga qarang.
Dostları ilə paylaş: