Unlilar almashinuvi.
1. Tor unli. Agar afiks morfema qo`shilayotgan asos qism ikki bo`g`inli bo`lsa,
affiks morfema qo`shilgandan so`ng asos qismning ikkinchi bo`g`inidagi tor unli
ko`p hollarda nolga aylanadi. Natijada ko`pincha asos qismni ajratishga qiyinchilik
tug`diradi. Bu jarayon yopiq bo`g`in bilan tugagan ikki bo`g`inli morfemaga unli
bilan boshlangan affiks morfema qo`shilganda ro`y beradi va quyidagicha
almashinuv sodir bo`ladi:
a) i-o. Masalan, og`zaki (og`iz-aki); o`yna (o`yin-a), ayri (ayir-i), ayra (ayir-a),
ayrim (ayir-im), o`g`lon (o`g`il-on), sorg`ay (sarig`-ay), chiq (tish, tosh-ik) o`gril
(o`gir-il), qayril (qayir-il), bo`yni (bo`yin-i), qorni (qorin-i), o`g`il (o`g`il-i), ik-kov
(ikki-av), ikkala (ikki-ala), oltov (olti-ov), (olti-ila) va boshq.
Dostları ilə paylaş: |