¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix18.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127044
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tuyev Kurs ishi Metodik tavsiyalar




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
 
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TUYEV FAZLIDDIN ERKINOVICH 
 
 
 
OLIY TA’LIM MUASSASSALARIDA KURS ISHLARINI 
YOZISH BO‘YICHA
METODIK KO‘RSATMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
Buxoro 2023 



Ushbu qo‘llanmada talabaning mustaqil ilmiy ijodiy ishi 
sifatida kurs ishini yozish va uni himoya qilish tartibi, mazmuni 
ifodalangan kurs ishlarini yozish bo‘yicha metodik qo‘llanma –
Buxoro: 2023. 21 bet. 
Kurs ishlarini yozish bo‘yicha metodik ko‘rsatma Oliy ta’lim 
muassasalarida tahsil olayotgan Ijtimoiy gumanitar (bakalavr) ta’lim 
yo‘nalishi talabalar uchun mo‘ljallangan.
 
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining 2008-yil 7-martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida 
bakalavriyat talabalarida kurs ishlarini yozish ko‘nikmalarini 
kuchaytirish to‘g‘risida”gi 61-sonli buyrug‘i. 
Tuzuvchi: F.Tuyev 
 
Mas’ul muharrir:
prof. A.Sharipov
 
Taqrizchilar:
dots . R.Qilichev

Metodik ko‘rsatma 


Buxoro davlat pedagogika instituti
ning _____-
sonli yig‘ilishida (“____” “____________” 2023-yil) muhokama 
etilib, nashrga tavsiya etilgan. 



KIRISH 
Ma’lum bir fandan kurs ishlarini tayyorlashda talaba o‘rganishi 
zarur bo‘lgan asosiy fan sohasiga oid nazariy bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirishga qaratilgan hamda talabalarning bilim doirasini 
kengaytirish, nazariyasini amaliyotga tatbiq etish, fikrni erkin va 
mustaqil tarzda bayon eta olish malakasini shakllantiruvchi amaliy 
ish turi hisoblanadi. 
Ma’ruza mashg‘ulotlarida egallangan nazariy bilimlarni 
amaliyotga tatbiq etish, talabalarni ilmiy-nazariy qarashlar asosida 
umumlashma xulosalar chiqara olishga o‘rgatish, ularning ijodiy 
tafakkurini o‘stirish, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasini 
shakllantirish, fikrni izchil va ifodali bayon eta olishga o‘rgatish fan 
bo‘yicha tashkil etilajak kurs ishlarining bosh maqsadi hisoblanadi.
Fan yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalarni ilmiy-ijodiy 
ishga yo‘naltiruvchi amaliy ish turi sifatida muhim ahamiyatga ega. 
Talaba kurs ishini yozish asosida keyinchalik yirikroq tadqiqot 
ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘radi.
Belgilangan kurs ishlarini bajarish jarayonida talaba: 
1. Tanlagan kurs ishi mavzusi bo‘yicha nazariy bilimlarni 
mustaqil o‘zlashtiradi. 
2. Mavzuning o‘rganilganlik darajasini belgilaydi hamda 
mavzuning ilmiy-nazariy jihatini aniqlaydi, uning yechilishidagi 
variantlar orasidan eng muhimini tanlaydi. 
3. Mavzuga aloqador ilmiy manbalarni tahlil qilish asosida 
mavjud 
nazariy 
qarashlarga 
tanqidiy 
munosabat 
bildirish 
ko‘nikmasini o‘zida shakllantiradi. 
4. Til va nutq birliklarini farqlashni o‘rganadi.
5. Og‘zaki va yozma nutqini izchil, to‘g‘ri, maqsadga muvofiq, 
mantiqli bayon etishga o‘rganadi. 
6. Nazariy xulosalarini daliliy misollar asosida izohlay olish 
hamda umumlashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. 
7. Ilmiy tadqiqot olib borishning dastlabki ko‘nikmalarini 
o‘zida shakllantiradi.
Kurs ishi talabani ilmiy tadqiqot ishiga yo‘naltiruvchi dastlabki 
amaliy ish bo‘lganligi sababli talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi. 
Kurs ishiga ilmiy salohiyatga ega malakali professor-o‘qituvchilar 



rahbarlik qilishadi. Ilmiy rahbar mutaxassislik kafedrasi tomonidan 
belgilanadi.
Ilmiy rahbar talabaga kurs ishini yozish metodikasi bo‘yicha 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi: kurs ishining maqsad va vazifalarini 
belgilashga yordam beradi, belgilangan muammoning o‘rganilganlik 
darajasini aniqlash yuzasidan tavsiyalar beradi, mavzu bo‘yicha 
zarur adabiyotlarni tavsiya etadi, talabani ilmiy manba bilan 
ishlashga, mavzuga oid daliliy misollar kartotekasini tuzishga 
o‘rgatadi, talaba tuzgan kurs ishi rejasini tahlil qiladi va zarur 
hollarda rejaga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan tavsiyalar beradi.
Ushbu metodik ko‘rsatmada kurs ishini yozish bo‘yicha 
metodika ishlab chiqildi. Bu vazifani amalga oshirishdan avval kurs 
ishining umumiy tavsifi: mavzuning belgilanishi, kurs ishining 
maqsad va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining 
tuzilishi haqida ma’lumot, so‘ngra kurs ishini yozish va himoya 
qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilgan. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin