¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


 KURS ISHI MAVZUSINING BELGILANISHI



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix18.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#127044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tuyev Kurs ishi Metodik tavsiyalar

 
8. KURS ISHI MAVZUSINING BELGILANISHI 
Kurs ishlari mavzulari mutaxassislik kafedralarida O‘zR DTS 
va fan o‘quv dasturi asosida belgilanadi va avval kafedrada, so‘ngra 
fakultet ilmiy kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi. Kurs ishi 
mavzularini belgilashda talabalarning fanga oid bilim va 
ko‘nikmalari, qiziqishlarini e'tiborga olinish maqsadga muvofiq.
Kurs ishi mavzulari talaba tomonidan ixtiyoriy ravishda 
tanlanadi. Mavzuni tanlashda quyidagi masalalarga e'tibor qaratish 
lozim bo‘ladi: 
1. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi, tilshunoslikda mavzuning 
qay darajada tadqiq etilganligi, mavzuga oid ilmiy manbalarning 
yetarli ekanligi. 
2. Talabaning kurs ishi mavzusi bo‘yicha ilmiy tasavvuri
nazariy bilimining mavjudligi. 
3. Talabaning kurs ishi mavzusini yorita olish imkoniyati, 
bilimi, qobiliyati yetarli ekanligi. Mavzu yuzasidan zarur ilmiy 
manbalarni to‘liq o‘rgana olish imkoniyatining mavjudligi. 
Talaba kurs ishini o‘zi izlanish olib borayotgan muayyan 
mavzu bo‘yicha yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba 
kafedraga mavzu, uning rejasi haqidagi ma'lumotni taqdim etishi 
hamda kafedra muhokamasidan o‘tkazishi lozim bo‘ladi. Mavzu 
kafedra tasdig‘idan o‘tgach, talaba mana shu mavzu bo‘yicha kurs 
ishini yozish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Kafedra va fakultet Kengashi tasdig‘idan o‘tgan kurs ishi 
mavzulari talabalarga semestr boshidayoq taqdim etiladi. 
 
9. KURS ISHINING TUZILISHI 
Kurs ishlari quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topishi 
maqsadga muvofiq: 
− kurs ishining titul varag‘i; 


13 
− mundarija; 
− kurs ishining umumiy tavsifi; 
− kirish qism; 
− asosiy qism; 
− umumiy xulosalar; 
− foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati. 
Kurs ishining birinchi titul varag‘i ishning qayerda, qachon 
va kim tomonidan bajarilganligi, mavzusi, ilmiy rahbari haqida 
ma'lumot beradi. (ilova qilingan) 
Kurs ishining birinchi titul varag‘ida quyidagi ma'lumotlar aks 
etadi:
- Oliy o‘quv yurtining nomi. 
- Fakultet nomi. 
- Talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi. 
- Kurs ishi mavzusi. 
- Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, ilmiy darajasi, unvoni. 
- Kurs ishi yozilgan joy nomi va yili. 
Kurs ishining ikkinchi titul varag‘ida quyidagi ma'lumotlar 
aks etadi:
- Kurs ishi bajarilgan kafedra nomi. 
- Ilmiy rahbar familiyasi, ismi, ilmiy darajasi, unvoni. 
- Kurs ishi himoyasi o‘tkazilishi belgilangan yig‘ilish manzili. 
- Kurs ishi bilan tanishish mumkin bo‘lgan kafedra nomi.
- Kurs ishi kafedraga topshirilgan sana (2-ilova).
Kurs ishining keyingi varag‘ida mundarija beriladi. 
Mundarijada kurs ishining tarkibiy tuzilishi aks etadi. Mundarija 
quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 
Kurs ishining umumiy tavsifi. 
- Kirish qism. 
- Asosiy qism.
- Umumiy xulosalar. 
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
- Ilovalar.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin