10. KURS ISHLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Kurs ishlarini reja asosida, izchillikka rioya qilingan holda,
adabiy tilda, tartibli, aniq, chiroyli dastxat bilan, bexato yozish talab
etiladi. Kurs ishini yozishda orfografik me'yorga muvofiq
kelmaydigan turli qisqartmalardan, noadabiy qatlamga oid
qo‘llanishlardan foydalanish man etiladi.
Kurs ishi qo‘lyozma ko‘k rangli ruchkada yoki elektron boma
shaklida yoziladi. Mavzu qo`lyozma shaklda yozilsa qizil rangli
ruchka ishlatilmaydi. Zarur o‘rinlarda yashil, qora rangli
ruchkalardan foydalanish lozim.
Kurs ishining har bir sahifasi hoshiyalanadi. Varaqning chap
tomonidan 3 sm, o‘ng tomonidan 1.5 sm, yuqoridan 2.5 sm, quyidan
16
2.5 sm hoshiya qoldiriladi. Satrlar oralig‘i 1.5 interval bo‘lishi
lozim. Kurs ishining titul varag‘idan boshqa barcha varaqlari birma-
bir sahifalanadi.
Kurs ishining umumiy hajmi 30-35 betdan iborat bo‘lishi
maqsadga muvofiq.
11. KURS ISHLARINI OCHIQ HIMOYA QILISH
Kurs ishlari mutaxassislik kafedralarida belgilangan tartibda
himoya qilinadi.
Kurs ishi rahbar taqrizidan o‘tib, himoyaga tavsiya etilgach,
talaba ishni kafedraning maxsus yig‘ilishida ochiq himoya qiladi.
Kurs ishini himoya qilish yakuniy baholash nazorati haftasi
oralig‘ida o‘tkaziladi. Himoya kuni oldindan belgilanib, talabalarga
e'lon qilinadi. Talaba kurs ishini maxsus tuzilgan hay'at huzurida
himoya qiladi. Himoya vaqtida talaba kurs ishi mavzusining
o‘rganilganlik darajasi, kurs ishida amalga oshirilgan vazifalar, kurs
ishining tadqiq obyekti va metodi, ishning ilmiy va amaliy
ahamiyati, kurs ishining tuzilishi haqida ma'lumot beradi hamda
mavzuning asl mohiyatini qisqa sharhlaydi. Shu bilan birga, ilmiy
rahbar taqrizida ko‘rsatilgan e'tiroz va kamchiliklarga javob beradi.
Himoya jarayonida talaba kurs ishida ko‘tarilgan muammo
yuzasidan chuqur bilimga ega ekanligini namoyon etishi, muammo
bo‘yicha o‘z nuqtayi nazarini bayon qilishi lozim.
Himoya vaqtida talabaga hay'at a'zolari, shuningdek, himoyada
ishtirok
etayotgan
professor-o‘qituvchilar,
talabalar
mavzu
yuzasidan savollar berishi mumkin.
Hay'at a'zolari talabaning himoyadagi javoblari asosida uning
yozgan ishiga yakuniy baho qo‘yadilar. Agar kurs ishi talab
darajasida yozilmagan bo‘lsa, talaba kurs ishi himoyasiga
qo‘yilmaydi va ish qayta ishlash uchun qaytariladi.
Ko‘tarilgan muammoning tadqiq darajasi, kurs ishi va uning
bo‘lim (bob)larida ko‘tarilgan masalalar tahlili asosida mukammal
darajada yozilgan ilmiy asoslarga boy kurs ishini amaliyotga tatbiq
etishga, xususan, amaliy va tajriba mashg‘ulotlarida, talabalar ilmiy
anjumanlarida foydalanishga tavsiya etish mumkin. Himoya hay'ati
qarori asosida bunday kurs ishini nashr etishga tavsiya etish ham
mumkin.
17
Mukammal yozilgan kurs ishini talaba malakaviy bitiruv ishi
darajasiga olib chiqishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |