2
Ushbu qo‘llanmada talabaning mustaqil ilmiy ijodiy ishi
sifatida kurs ishini yozish
va uni himoya qilish tartibi, mazmuni
ifodalangan kurs ishlarini yozish bo‘yicha metodik qo‘llanma –
Buxoro: 2023. 21 bet.
Kurs ishlarini yozish bo‘yicha metodik ko‘rsatma Oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan Ijtimoiy gumanitar (bakalavr) ta’lim
yo‘nalishi talabalar uchun mo‘ljallangan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligining 2008-yil 7-martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida
bakalavriyat talabalarida kurs ishlarini yozish ko‘nikmalarini
kuchaytirish to‘g‘risida”gi 61-sonli buyrug‘i.
Tuzuvchi: F.Tuyev
Mas’ul muharrir:
prof. A.Sharipov
Taqrizchilar:
dots . R.Qilichev
Metodik ko‘rsatma
Buxoro davlat pedagogika instituti
ning _____-
sonli yig‘ilishida (“____” “____________” 2023-yil)
muhokama
etilib, nashrga tavsiya etilgan.
3
KIRISH
Ma’lum bir fandan kurs ishlarini tayyorlashda talaba o‘rganishi
zarur bo‘lgan asosiy fan sohasiga oid nazariy bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirishga qaratilgan hamda talabalarning bilim doirasini
kengaytirish, nazariyasini amaliyotga tatbiq etish,
fikrni erkin va
mustaqil tarzda bayon eta olish malakasini shakllantiruvchi amaliy
ish turi hisoblanadi.
Ma’ruza mashg‘ulotlarida egallangan
nazariy bilimlarni
amaliyotga tatbiq etish, talabalarni ilmiy-nazariy
qarashlar asosida
umumlashma xulosalar chiqara olishga o‘rgatish, ularning ijodiy
tafakkurini o‘stirish, ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasini
shakllantirish, fikrni izchil va ifodali bayon eta olishga o‘rgatish fan
bo‘yicha tashkil etilajak kurs ishlarining bosh maqsadi hisoblanadi.
Fan yuzasidan yoziladigan kurs ishi talabalarni ilmiy-ijodiy
ishga yo‘naltiruvchi amaliy ish turi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Talaba kurs ishini yozish asosida keyinchalik yirikroq tadqiqot
ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘radi.
Belgilangan kurs ishlarini bajarish jarayonida talaba:
1. Tanlagan kurs ishi mavzusi bo‘yicha nazariy bilimlarni
mustaqil o‘zlashtiradi.
2. Mavzuning o‘rganilganlik darajasini belgilaydi hamda
mavzuning ilmiy-nazariy jihatini aniqlaydi, uning yechilishidagi
variantlar orasidan eng muhimini tanlaydi.
3. Mavzuga aloqador ilmiy manbalarni
tahlil qilish asosida
mavjud
nazariy
qarashlarga
tanqidiy
munosabat
bildirish
ko‘nikmasini o‘zida shakllantiradi.
4. Til va nutq birliklarini farqlashni o‘rganadi.
5. Og‘zaki va yozma nutqini izchil, to‘g‘ri, maqsadga muvofiq,
mantiqli bayon etishga o‘rganadi.
6. Nazariy xulosalarini daliliy misollar asosida izohlay olish
hamda umumlashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
7. Ilmiy tadqiqot olib borishning dastlabki ko‘nikmalarini
o‘zida shakllantiradi.
Kurs ishi talabani ilmiy tadqiqot ishiga yo‘naltiruvchi dastlabki
amaliy ish bo‘lganligi sababli talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi.
Kurs ishiga ilmiy salohiyatga ega malakali professor-o‘qituvchilar
4
rahbarlik qilishadi. Ilmiy rahbar mutaxassislik kafedrasi tomonidan
belgilanadi.
Ilmiy rahbar talabaga kurs ishini yozish metodikasi bo‘yicha
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi: kurs ishining maqsad va vazifalarini
belgilashga
yordam beradi, belgilangan muammoning o‘rganilganlik
darajasini aniqlash yuzasidan tavsiyalar beradi, mavzu bo‘yicha
zarur adabiyotlarni tavsiya etadi, talabani ilmiy manba bilan
ishlashga, mavzuga oid daliliy misollar
kartotekasini tuzishga
o‘rgatadi, talaba tuzgan kurs ishi rejasini tahlil qiladi va zarur
hollarda rejaga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan tavsiyalar beradi.
Ushbu metodik ko‘rsatmada kurs ishini yozish bo‘yicha
metodika ishlab chiqildi. Bu vazifani amalga oshirishdan avval kurs
ishining umumiy tavsifi: mavzuning belgilanishi, kurs ishining
maqsad
va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining
tuzilishi haqida ma’lumot, so‘ngra kurs ishini yozish va himoya
qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilgan.