Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix02.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#137466
1   2   3   4   5
12 май конфернция Toshkent texnika universiteti 1

Adabiyotlar 
1.
Булл, С. Согласованное моделирование учащегося для поддержки сегодняшних моделей учащегося. 
Исследования и практика в области расширенного обучения технологиям. (2016) 
2.
Древери, Д., Претти, Т.Дж., и Черч, Д. Вклад программ обучения, интегрированных в работу, в 
организационные конвейеры талантов: взгляды менеджеров по талантам. Международный журнал 
интегрированного обучения с работой (IJWIL), 21, 275–288. 
3.
Фальк, Дж. Х., и Диркинг, Л. Д. (2019). Переосмысление общественного научного образования: роль 
свободного обучения на протяжении всей жизни. Дисциплинарные и междисциплинарные научно- 
образовательные исследования, 1(1), 10. 
4.
Хоригучи, Т., Томото, Т., и Хирасима, Т. (2015). Структура создания объяснения концептуального 
понимания на основе «семантики ограничений». Исследования и практика в области расширенного обучения 
технологиям. 
UDK. 544.726:543 
POLIFUNKSIONAL IONITLAR BILAN BA’ZI 3D METALL IONLARINING ERITMALARDA KOMPLEKS 
BIRIKMALAR HOSIL QILISH JARAYONLARI 
Ismoilov Z.S.., 
prof. To‘rayev X.X., 
prof. v.b. Kasimov Sh.A., 
Turdimurodov O.B. 
Termiz davlat universiteti 
Mamlakatimizda kimyo sohasi rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri yangi kimyoviy birikmalar sintezi va 
ularni ishlab chiqarishga tadqiq qilishdir. Shu jihatdan tarkibida azot, fosfor va oltingugurt bo‘lgan polimer ligandlar 
sintez qilish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini zamonaviy usullar yordamida o‘rganish hamda ularning nodir metallarni 
eritmalaridan sorbsiyalab ajratib olish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ionlashinuvchi ionitlarini uch xil yo’l bilan ishlatish mumkin: 
271 


1.
Tindirilgan sinil eritmalaridan nodir metallarni sorbsiyalash 
2.
Nodir metallarni smolalar yordamida tanlab eritgandan so‘ng sorbsiyalash. 
3.
Nodir metallarni tanlab eritish davomida sorbsiyalash. 
Birinchi usul oddiy va sodda. Tindirilgan sinil eritmalariga smola ionitlar ta’sir ettirib olinadi. Xuddi rux bilan 
chuktirishdagidek, bunda rux o‘rniga smola ishlatiladi. Shu yo‘sinda xomaki kumush metali olish jarayoni ham 
soddalashadi. Boshqalardan ko‘ra bu usulda ionit smolalari ham sarflanadi.(1) 
Ma’lumki yangi polimer ligandlarni sintez qilish va o‘rganish koordinatsion birikmalar kimyosining asosiy ilmiy- 
tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, hozirda ma’lum bo‘lgan polimer ligandlarning aksariyati muhim 
ionalmashinuvchi smolalar sifatida sanoatning turli tarmoqlarida keng ishlatilib kelinmoqda. Ayniqsa polifunksional 
ta’sirga ega bo‘lgan yangi ionitlar sintezi va tadqiqoti dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Kompleks hosil qiluvchi sorbentlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, polimer strukturasiga birikkan faol 
kimyoviy guruhlar metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashib, mustahkam kompleks hosil qiladi. Bu ta’sirning xususiyati 
funksional guruhlar, metall ionlari tabiati va sorbsiya sharoitiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, sorbentlar sifatida tarkibida nitro- 
va sulfoguruh tutgan yangi sintez qilingan ionitlar: (DGT+PEPA, DGT+M va DGT+GIPAN) qo‘llanildi. 
O‘rganilgan metall ionlarining anionitlar funksional guruhlari bilan ion-koordinatsion ta’sirining spektral ko‘rinish 
sohasi aniqlandi. Differensial IQ – spektroskopiya usulida ionit aminokarboksilat komplekslari ichki koordinatsion sferasi 
tarkibining kompleks hosil qiluvchi ion tabiati, muhit pH i, eritmaning anion tarkibi va anionitlar ligand guruhlarining 
kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligi aniqlandi. Kuchli kislotali muhitda metall ionlarining anionitga yutilishi kompleks 
kationlarning protonlashgan aminoguruhlar bilan tashqi sferali tuzilish hosil qilib, ionli ta’sirlashishi hisobiga sodir 
bo‘lishi ko‘rsatib berildi. Ionit fazasidagi metall ionlari komplekslarining barqarorligi funksional guruhlar kislotaligiga 
bog‘liq bo‘lib, ularning kislotalik xossasi qancha kuchsiz bo‘lsa, hosil bo‘ladigan kompleks birikmalar shunchalik 
mustahkam bo‘ladi. Anionit fazasidagi funksional guruhlarning mis bilan hosil qilgan komplekslarining mustahkamligi 
muvozanatdagi eritma pH iga kamroq bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ionalmashinuvchilarning regeneratsiya sharoiti 
tanlandi. Desorbsiya jarayonida kompleks birikmalar uni tashkil etuvchi komponentlarga parchalanadi va oraliq 
komplekslar diffuziya jarayonida chiqarib tashlanadi va yo‘qotiladi [1]. 
Metall – ionit komplekslarining hammasida N → Me bog‘i uchun xos bo‘lgan 1400-1300 sm
-1
sohada yutilish 
chiziqlari mavjud. 
Ionitlarning kompleks hosil qilish xossasi qo‘shilayotgan eritmaning pH iga sezilarli darajada bog‘liq. Shuning 
uchun sintez qilingan ionitning sorbsion qobiliyati sorbsiyalanuvchi komponent tutgan eritma pH iga bog‘liqligi 
o‘rganilgan. pH ning optimal qiymatini aniqlash uchun pH ning 2 dan 8 gacha bo‘lgan oralig‘ida 0,05 n.li tuzlar 
eritmalarida metallar sorbsiyasi o‘rganildi. Bunda ionitdagi protonlashgan (Am...H+) va gidratlangan (Am…HOH) 
shakldagi aminoguruhlar nisbatan o‘zgaradi. 
Quyidagi 1 va 2 - rasmlardan ko‘rinib turibdiki, eritma pH i qancha katta bo‘lsa, ionitning metall bo‘yicha sig‘imi 
ham shuncha katta bo‘ladi, gidrat shakldagi aminoguruhlar miqdori ortadi. Lekin, bu qonuniyat pH ning ma’lum 
qiymatigacha saqlanadi, undan oshib ketsa, metall gidroksid hosil qilib cho‘kadi. 
Eng kam kompleks birikma hosil bo‘lishi ionitning protonlashgan shakli uchun xos bo‘lib, azot – vodorod bog‘i 
azot – metall bog‘idan mustahkam hisoblanadi. Protonlashgan shakldagi funksional guruhlarning metall ionlari bilan 
kompleks hosil qilishi ionit tarkibida gidratlangan aminoguruhlar hisobiga sodir bo‘ladi va to‘rsimon polielektrolitlarda 
zaryadlar zichligi kattaligi sababli ularni har doim ham to‘liq protonlashtirib bo‘lmaydi. Bu ham muhit pH i qiymati 
kattalishishi bilan polimerlar sorbsion qobiliyatining ortishini isbotlaydi. 
1) Cu
2+
(
); 2) Zn
2+

); 3) Cd
2+

); Pb
2+

). 
3.9-rasm. DGT+PEPA asosida olingan ionit sorbsion 
qobiliyatining muhit pH iga bog‘liqligi 
 
1) Cu
2+

); 2) Zn
2+

); 3) Cd
2+

); Pb
2+
(
). 
3.10-rasm. DGT+M asosida olingan ionit sorbsion 
qobiliyatining muhit pH iga bog‘liqligi 
 
 
272 

3
2
1
0








8
МУҲИТ, РН
4
3
2
1
0
0
2
4
Муҳит, рН
6
8
СА
С,
МГ
-ЭКВ

СА
С,
мг
-эк
в/г



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin