xarakatini ko’rsatuvchi sxemalar kinematik sxemalar deyiladi. Sxemada xama
elementlar shartli grafik belgilar ko’rinishida chiziladi (10.1 jadval).
Kinematik sxemalarda vallar, o’qlar, sterjenlar, shatunlar va sho’nga o’xshashlar
yo’g’onligi S ga teng asosiy tutash chiziqlar bilan, tishli gildiraklar, chervyaklar,
yuldo’zchalar, shkivlar, kulachoklar va shunga o’xshashlar yo’g’onligi S/2 ga teng
bo’lgan tutash chiziqlar bilan tasvirlanadi.
Kinematik sxemada kinematik elementlarning asosiy xarakteristikalari va
parametrlari, masalana, digatelning nomi, tipii, xarakteristikasi, tishli
gildiraklarning tishlari soni va moduli, tasmali uzatmada yulduzchaning tishlari
soni va qadami ko’rsatiladi va hokazo (10.8-10.9-chizmalar)
10.8 Chizma
10.9 Chizma
Kinematik sxemada vallar va o’qlar Rim rakamlari bilan, qolgan boshqa
elementlar esa arab raqamlari bilan ko’rsatiladi. Raqamlar chetga chiqarish
chiziqlarining tokchasiga qo'yiladi. Kinematik elementlarning paramertlari
tokchaning ostida ko'rsatiladi (10.9-10.10- chizmalar). 10.8-chizmada tishli
uzatmaning proektsiyasi (a) va fazoviy ko'rinishi (b) keltirilgan. 10.9- 10.10-
chizmalarda tokarlik stanogining shpindelini xarakatga keltiruvchi kinematik
sxema ko'rsatilgan.
10.10 Chizma
Berilgan kinematik sxemani o'qishga ko’rishishda, avval sxemada tasvirlangan
mexanizmning to’zilishi va ishlashini tushuntiruvchi yozuv tekstini diqqat bilan
o'qib chiqish kerak.
Kinematik sxemani o'qishni digatel tabiridan boshlash kerak (10.9-10.10-
chizmalar). Kinematik zanjirning bo'ylamasiga nazar tashlab va sxemadagi grafik
belgilarini jadvalda keltirilganlar bilan solishtirib, mexanizm tarkibiy qismlarining
harakat uzatish usuli va uning vazifasi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: