Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


-jadval. Mulkchilik munosabatlari va huquqiy vakolatlarning taqsimlanishi



Yüklə 152,38 Kb.
səhifə3/14
tarix22.01.2023
ölçüsü152,38 Kb.
#122440
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ìèð

1-jadval. Mulkchilik munosabatlari va huquqiy vakolatlarning taqsimlanishi.

Bunda mulkchilik munosabatlaridan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarni muayyan er maydoniga mulkchilik sharoitidagi 4 ta holat orqali ko’rib chiqamiz.


Birinchi holat. Erning mulkiy egasi zamindor bo’lib, erda uning o’zi mehnat qiladi va tabiiyki, ishlab chiqarish natijasini ham o’zi o’zlashtiradi.
Ikkinchi holat. Zamindorning erda ishlash uchun vaqti etarli bo’lmaganidan yollanma ishchi mehnatini qo’llay boshladi. Natijada erdan foydalanish, ya’ni uning iste’mol xususiyatlaridan bevosita foydalanish huquqi ishchiga o’tdi. Bunda zamindor ishchining mehnati uchun ma’lum ish haqi to’laydi, biroq, ishlab chiqarish natijasini o’zlashtirishni o’z ixtiyorida saqlab qoladi.
Uchinchi holat. Zamindor erning holatini va yollanma ishchi ustidan nazorat uchun ham vaqt to’a olmay, erni uzoq muddatga ijarachiga to’shirdi. Ijarachi erga egalik qiluvchi va, unda shaxsan o’zi ishlagani uchun, erning foydalanuvchisiga aylandi. Ishlab chiqarish natijasini zamindor (ijara haqi ko’rinishida) va ijarachi birgalikda o’zlashtiradi.
To’rtinchi holat. Endi ijarachining o’zi ham erda mehnat qilmay, yollanma ishchidan foydalana boshladi. Natijada er bo’yicha mulkiy huquqlarning yanada tabaqalanishi ro’y berdi: erdan foydalanuvchi – ishchi, uning egasi – ijarachi (ijara shartnomasi muddati davomida), tasarruf etuvchisi – zamindor. Ishlab chiqarish natijasi ijarachi va zamindor o’rtasida taqsimlanib, ishchi uchun ish haqi to’lanadi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g’in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo’lib chiqadi.
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:

СУБЪЕКТ

СУБЪЕКТ





ОБЪЕКТ



Yüklə 152,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin