Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги



Yüklə 152,38 Kb.
səhifə13/14
tarix22.01.2023
ölçüsü152,38 Kb.
#122440
növüРеферат
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè ìèð

Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.


Xulosa

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis ketmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion, madaniylashish (stivilizastiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, sostial-iqtisodiy shakllarning o’zgarishi kabi jihatlar bo’yicha yondoshuvlar mavjud.


Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy nazariyada ko’’incha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o’zlashtirish va foydalanish borasida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investistion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kom’leks dasturdan iborat jarayondir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish bosh yo`limiz. xalq so`zi 13 fevral, 2002 yil.

  2. Самарходжаев Б.Б. Инвестиции в Республике Узбекистан (международно-частноправовой аспект).- Т.: Академия, 2003.- 240 с. 5 экз.

  3. Шуляк П.Н. Финансы предприятия: Учебник.- 5-е изд., перераб. и доп.-М.: Дашков и К, 2004.- 712 с. 1 экз.

  4. Хodiev B.Yu., Samatov G`.A.., Yusupov M.S., Meliboev Sh.A. «Kichik tadbirkorlikning moliyaviy menejmenti» o`quv-amaliy qo`llanma. – Toshkent: EH TEMPUS dasturi «Matador-2000» loyihasi 2004.-144 bet.

  5. Maxmudov E.Х. Korxona iqtisodiyoti: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2004.-208 c. 1 ekz.

  6. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma /A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz.

  7. Круглова Н.Ю. Основы бизнеса. учебник для вузов Издательство: РДЛ, 2005.

  8. Кузнецов А. Основы рыночной экономики. Терминологический словарь. Издательство: Владос, 2004.

  9. Куторжевский Г.А. Экономика. Основы теории. Учебное пособие, Издательство: Экономика, 2004..

  10. Ўзбекистон Иқтисодий ахборотномаси, 2010 / Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси. – Т., 2011.

  11. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2005. – В.526.



Yüklə 152,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin