Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


VII Kurs ishini rasmiylashtirish



Yüklə 270 Kb.
səhifə7/13
tarix01.01.2022
ölçüsü270 Kb.
#106758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
КУРС ИШИ МИКРО (4)

VII Kurs ishini rasmiylashtirish

Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi kerak. Kurs ishi matni sahifaning ma’lum chegaralarida joylanishi chizma va jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qogʻozlardan foydalanilishi ishning sifatli va umumiy talablar boʻyicha yoritilishiga olib keladi.

Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qogʻozning bir tomoniga kompgʻyuter texnikasidan foydalanilgan holda 14 hajmdagi Times New Roman shriftida 1,5 oraliqda davlat tilida (rus guruhlarda rus tilida) yoziladi. Kurs ishi hajmi 25 -30 betni tashkil etishi lozim. Xar bir sahifani chap tomonda 30 mm, oʻng tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 25 mm qoldirilgan holda yoziladi. Kurs ishi matnlari qogʻozning bir tomoniga har sahifaga 25- 30 qator yoziladi. Har qatorda 7-8 ta soʻz joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga tegishli boʻlsa, oʻsha sahifada keltiriladi.

Xar bir qism, jurnaldan kirish va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan boshlanadi. Qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. Qismdagi sarlovhalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda soʻzlarning boʻgʻin koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sahifa tartib raqami sahifaning pastki (yuqorigi) oʻrta–qismida keltiriladi. Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar xam sahifalanadi. Jild varagʻi 1-bet sanaladi, unga tartib raqami qoʻyilmaydi.

Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varagʻi, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar.

Ilovada turli hujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qogʻoz qoʻyilishi maqsadga muvofiqdir.

Jild (titul) varagʻi kurs ishining 1-beti boʻlib, unda Vazirlik, oliy oʻquv yurtining nomi, fakulgʻtet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta’lim yoʻnalishi, kursi, guruhi, muallifning familiyasi, ismi va sharifi, qabul qiluvchning ilmiy unvoni va darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi.




Yüklə 270 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin