Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 270 Kb.
səhifə8/13
tarix01.01.2022
ölçüsü270 Kb.
#106758
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
КУРС ИШИ МИКРО (4)

VIII Kurs ishi himoyasi

Kurs ishi himoyasi kurs ishi bajarilishining yakuniy bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Tugallangan kurs ishi belgilangan muddatda kafedraga tekshirish uchun topshiriladi. Past saviyada sifatsiz bajarilgan ishlar, fan o’qituvchisining yozma taqrizi bilan ishdagi kamchiliklarni toʻldirish va qayta ishlash uchun talabalarga qaytariladi. Belgilangan talablar darajasida sifatli bajarilgan ishlar fan o’qituvchisi tomonidan kafedrada himoya qilish uchun ruxsat beriladi.

Kurs ishi himoyasi uchun xar bir talabaga 20-30 daqiqa vaqt beriladi. Himoya jarayonida kurs ishi mavzusi doirasida savol va topshiriqlar berilishi mumkin.

Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus ishchi guruh tuziladi. Kurs ishini kafedraga topshirish muddati fan o’qituvchisi tomonidan belgilanadi. Himoya qilish muddati kurs ishini kafedraga topshirilgan kundan boshlab, 1-hafta ichida bo’ladi. Komissiya tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor – oʻqituvchilar va fan o’qituvchisi boʻlishi lozim. Kurs ishi himoyasi ishchi guruh tomonidan baholanadi, soʻngra himoya yakuni boʻyicha ishchi guruh qarori e’lon qilinadi. Kurs ishini belgilangan tartibda rasmiylashtirish tegishli jadval, diagramma, chizma va grafiklar bilan boyitishga, hajmiga, ma’lumotlar bazasinining yangiligiga qarab 40% baholanadi. Kurs ishi himoya 60% baholanadi. Kurs ishlari, qaydnoma va taqrizlar bilan birga kafedraga topshiriladi, soʻng arxivga saqlash uchun institut arxiviga roʻyxat asosida topshiriladi.

Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari koʻriklariga, tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin.

Kurs ishida bayon qilingan ma’lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.


Yüklə 270 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin