1924-modda. Tadbirkorlik sub’ektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini pul mablag’larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog’liq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, –eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi.
1926-modda. Imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish
Tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qo’llashni g’ayriqonuniy ravishda rad etish, qo’llamaslik yoki qo’llashga to’sqinlik qilish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilganidan keyin sodir etilgan bo’lsa, – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: |