Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


XI. Yagona yer solig’i bo’yicha



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə52/91
tarix07.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#86052
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
XI. Yagona yer solig’i bo’yicha

Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i stavkasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 21-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.

Yagona yer solig’i stavkasi 2015 yildagi 6 foizli stavka o’rniga 2016 yil 1 yanvardan qishloq xo’jaligi yerlarining qayta hisoblangan normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilandi.

Bunda, har bir xo’jalik bo’yicha qishloq xo’jaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining O’zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti “O’zdaverloyiha” tomonidan amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi 235-sonli qarorining 5-bandiga asosan, tasdiqlangan Nizomga muvofiq aniqlangan qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig’ini hisoblab chiqarish 2016 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

Bunda,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi 235-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to’g’risida”gi Nizomning 7-bandiga asosan, normativ qiymatni aniqlash davri har yili o’tkaziladi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin