VIII. Yer qahridan foydalanuvchilar uchun soliq va maxsus to’lovlar
a) yer qahridan foydalanganlik uchun soliq bo’yicha.
Er qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
Er qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2015 yilda (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasida keltirilgan noruda qurilish materiallaridan tashqari) amal qilgan stavkalar darajasida saqlanib qolindi.
Bunda,2016 yil 1 yanvardan boshlab noruda qurilish materiallariga (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 15-ilovasida keltirilgan) yer qahridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari birxillashtirilib,soliq solinadigan bazaga nisbatan yagona 5 foiz stavka belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |