Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O’RQ-386-sonli Qonuni imzolandi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə61/91
tarix07.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#86052
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
2015 yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O’RQ-386-sonli Qonuni imzolandi.

Mazkur Qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran olti oy o‘tgach, “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘rniga kuchga kiradi.

Bunda ta‘kidlash joizki, yo‘lovchilarni majburiy shaxsiy sug‘urta qilishning amaldagi tizimi tashishda yo‘lovchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlamayapti, hamda shahar atrofiga qatnovchi temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilari; shahar ichida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari; bir viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari uchun 50 kilometr masofagacha majburiy sug‘urtasi qo‘llanilmaydi, shunga ko‘ra barcha yo‘lovchilarning to‘liq qamrovi ta‘minlanmayapti. Shu bilan birga xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, yo‘lovchilarning manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish uchun yo‘lovchilarning majburiy shaxsiy sug‘urtasi o‘rniga tashuvchining yo‘lovchilar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish mexanizmi qo‘llanilmoqda.

“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalarining barcha turlarida tashishni amalga oshirishda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlashga qaratilgan.

Mamlakatimizda yo‘lovchilarni tashish hajmi o‘sib borayotganligi bois, “tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi” degan tushunchasining dolzarbligi oshmoqda. Yo‘lovchi unga tashish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni, qanday turdagi transport vositasida bo‘lishidan qat‘iy nazar, o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishiga umid qilishga haqli. Bundan tashqari yo‘lovchi tashishning barcha jarayonida va barcha turdagi transport vositalarida uning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar qoplanishiga ishonch hosil qilishi kerak.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimi yo‘lovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan, hamda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha harajatlarni kamaytirish yo‘li bilan tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydigan mexanizm sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.

Bugungi kunda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish yuzasidan tegishli hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borilmoqda va u bilan quyidagilarni o‘z ichiga olgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:

- shartnoma shartlari va uni tuzish tartibi;

- yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibi;

- sug‘urta polisi blankasining namunasi va uni tayyorlash tartibi;

- sug‘urta puli, hamda sug‘urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug‘urta tariflarining tuzilishi va ularning sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llanilish tartibi;

- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta sherikchiligining ish tartibi va boshqalar.

Aksiyadorlik shaklidagi sug‘urta tashkilotlarining faoliyati «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun bilan bir qatorda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq huquqiy tartibga solinadi. Aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari yopiq va ochiq turda tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorida boshqa mulk shaklidagi sug‘urta tashkilotlari bilan bir qatorda aksiyadorlik sug‘urta tashkilotlari ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishmoqda. Ular jumlasiga ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» aksiyadorlik jamiyatlarini, «Madad» sug‘urta agenligini, «Kapital sug‘urta» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini misol sifatida keltirish mumkin.

Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – ular aksiyalarining fond bozorida erkin savdoga qo‘yilishidir. hozirgi kunda ushbu sug‘urta tashkilotlari tomonidan sotuvga chiqarilgan aksiyalar to‘liq investorlar o‘rtasida joylashtirilgan bo‘lsada, ular ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida oldi-sotdi ob’ektiga aylangani yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, aksiyadorlik shaklidagi jamiyatlarning, shu jumladan sug‘urta tashkilotlarining oliy boshqaruv organi – aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi maxsus vakolatiga quyidagilar kiradi:


  • Sug‘urta tashkiloti nizomiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;

  • Sug‘urta tashkilotini qayta tashkil etish;

  • Sug‘urta tashkilotini tugatish, tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy balansni tasdiqlash;

  • Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashining tarkibi va sonini aniqlash, uning a’zolari va raisini saylash;

  • E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;

  • Sug‘urta tashkilotining ustav kapitalini ko‘paytirish;

  • Sug‘urta tashkilotining auditorini tasdiqlash;

Shunisi diqqatga sazovorki, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bir yilda kamida bir marta chaqiriladi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi unda qatnashayotgan aksiyadorlar yoki ularning vakillarining kamida 60 foiz ovozga ega bo‘lsa, vakolatli deb hisoblanadi.

Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi aksiyadorlar orasidan saylanib, ular umumiy yig‘ilish orlag‘ida aksiyadorlarning manfaatlarini himoya etadi.

Sug‘urta tashkiloti kuzatuv kengashi quyidagi huquqlarga ega:


  • Sug‘urta tashkilotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

  • Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibini belgilaydi;

  • Obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtiradi;

  • Sug‘urta tashkiloti filiallari va vakolatxonalarini tashkil etadi va tugatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 16-bobi xususiy mulkka bag‘ishlangan bo‘lib, uning 207-moddasida «xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir», deb ko‘rsatilgan. Sug‘urta tashkilotlari xususiy mulk shaklida ham tashkil etilishi mumkin. Shuningdek sug‘urta tashkiloti maspuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha maspuliyatli jamiyat shaklida ham tashkil etiladi.

Maspuliyati cheklangan jamiyat deganda bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tushuniladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Maspuliyati cheklangan hamda qo‘shimcha maspuliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida alohida qayd etilgan. Maspuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.

Biz yuqorida sug‘urta tashkiloti qo‘shimcha maspuliyatli jamiyat shaklida ham barpo etilishi mumkin, deb ta’kidlagan edik. Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha maspuliyatli jamiyat hisoblanadi.

Yuridik va jismoniy shaxslar maspuliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan sug‘urta tashkilotining ishtirokchilari bo‘ladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari maspuliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas. Ta’kidlash joizki, maspuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkiloti ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.

Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestriga ko’ra 2014 yil 1 avgust holatiga respublikamizda jami 33 ta sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarga ega.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin