Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 216,5 Kb.
səhifə1/4
tarix20.05.2023
ölçüsü216,5 Kb.
#127323
  1   2   3   4
003 услубий кўрсатма, курс иши,сиртқи

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus ta’lim Vazirligi




ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Mashinasozlik texnologiyasi” FAKULTETI
sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
OLIY TALIMNING
5230100 – “IQTISODIYOT” (TARMOQLAR SOHALAR BOʻYICHA) BAKALAVRIAT YOʻNALISHI TALABALARI UCHUN
(SIRTQI)
MIKROIQTISODIYOT” FANIDAN
KURS ISHLARI MAVZULARI VA UNI BAJARISH BOʻYICHA USLUBIY KOʻRSATMA
ANDIJON– 2022
Kirish
«Mikroiqtisodiyot» fanining mazkur uslubiy koʻrsatmasi Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi hamda davlat ta’lim standartlari boʻyicha bakalavr darajasidagi malakali iqtisodchi-mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib, tuzilgan.
Oʻquv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil ishlash va nazorat bilimlarini puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda mikroiqtisodiy koʻrsatkichlarni, bozor munosabatlarini, milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini, mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni, moliya-kredit, investitsion, agrar siyosatlarning mohiyatini, integratsion jarayonlarni, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish, iqtisodiyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan ma’lumot (axborot)lar toʻplash va ulardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish koʻnikmasi (tajribasi)ga ega boʻlishi va foydalana olishi, umumiqtisodiy va ixtisoslik yoʻnalishidagi fanlar boʻyicha egallagan bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik boʻyicha adabiyotlarni chuqur oʻrganadilar va oʻzlarida ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Ushbu uslubiy koʻrsatma «Mikroiqtisodiyot» fani boʻyicha yangi namunaviy oʻquv dasturi va oʻquv rejasi asosida tuzilgan boʻlib, unda iqtisodiyot yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilinishi lozim boʻlgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli koʻrsatma va maslahatlar berilgan. Oʻquv-uslubiy koʻrsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qoʻygan. Kurs ishi kunduzgi bo’limda ta’lim olayotgan talabalar uchun 2 kurs 3 semestrda va sirtqi bo’limda ta’lim olayotgan talabalar uchun 3 kurs bahorgi semestrda bajariladi.



Yüklə 216,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin